Oiladagi holat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir hodisa meni juda o‘ylantirib qo‘ydi. Qaynonam televizor ko‘rsak ham yoki avvalgi to‘y marosimlarni videosini ko‘rsalar ham duo qilingan joylarini ko‘rsalar duoga qo‘l ko‘tarib qo‘shiladilar bizga ham qo‘llarizni ko‘taringlar deydilar shu to‘g‘rimi?
2). Uyga cho‘chqa go‘shti olib kelishdi, uni eyish gunohligini aytsam ham uydagilar tushunishmaydi. Qaynotam menga ham majburan edirmoqchi bo‘ladilar, ammo men emadim, xafa bo‘ldilar. Bunga haqlari bormi?
3). Qizalog‘im bor, katta bo‘lsin ungayam cho‘chqa go‘shti beramiz deyaptilar. Men emasin desam ham ediradilar qizimga. Cho‘chqa go‘shti edirishlariga qarshilik qilishim befoyda bo‘ladi. Nima qilsam bo‘ladi?
4). Ota-onamni uylariga xabar olishga borishimga qaynotam ruxsat bermaydilar. Bunga haqlilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Noto‘g‘ri. Chunki televizorlarda juda ko‘p duolarga shirk gaplarni ham aralashtirib yuborishadi. Otangni arvohlari qo‘llasin deydimi-ey. Bunga omin deyish kerak emas. Bunday vaqtlarda tashqariga chiqib ketish kerak. 2). Haqqi yo‘q. 3). Buni bolaga tushuntirib borish kerak. 4). Haqqilari yo‘q. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 18:45 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar