Farzandlar yotoq xonasi

Assalomu alaykum! Ikki o‘g‘lim va bir qizim bor. O‘g‘illarim 6 va 2.5 yosh. Qizimiz hali chaqaloq. Ular hali kichkina bo‘lsa ham bilishimiz zarur deb o‘ylayman. Hozirda uchalalari ham man bilan yotishadi. Savolim qachondan boshlab o‘g‘illarning yotog‘ini aloxida qilishim joiz bo‘ladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bolalar etti yoshga etganda namoz o‘qish buyuriladi. O‘n yoshdan boshlab bolalarni alohida-alohida yotqizishni ham yo‘lga qo‘ymoq darkor. Vallohu a’lam! https://islom.uz/view/farzandlarga-yahshilik-kilish-2

29 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar