Masjidga kirgan va chiqqanda o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Bizlarga masjidga kirishdagi chiqishdagi duolarni o‘rgatinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Masjidga kirayotganda va undan chiqayotganda o‘qiladigan narsalar أَعُوذُ بِاللهِ العَظِيم وَبِوَجْهِهِ الكَرِيمِ وَسُلْطَانِهِ القَدِيمِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ، اَلْحَمْدُ للهِ، اللهُمَّ صَلِّ وَسَلِّمْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ اللهُمَّ اغْفِرلِي ذُنُوبِي وَافْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ Masjidga: «A’uzu billahil ’aziym va bivajhihil kariym va sultonihil qodiym minash shaytonir rojiym. Alhamdu lillah, Allohumma solli va sallim ’ala Muhammadin va ’ala ali Muhammad. Allohummag‘firliy zunubiy vaftahliy abvaba rohmatik» (Ulug‘ Allohning karim sifatli yuzi va azaliy sultonligi bilan shaytondan panoh tilayman. Allohga hamd bo‘lsin. Allohim, Muhammadga va u zotning oilalariga salovot va salomlar yog‘dir. Ey Rabbim, gunohlarimni kechir va menga rahmating eshiklarini och), deb, bismillohni aytib, o‘ng oyoq bilan kiriladi. Chiqishda esa, avval chap oyoq qo‘yiladi. روينا عن أبي حميد أو أبي أسيد رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا دخل أحدكم المسجد فليسلم على النبي صلى الله عليه وسلم، ثم ليقل: اللهم افتح لي أبواب رحمتك، وإذا خرج فليقل: اللهم إني أسألك من فضلك" رواه مسلم في " صحيحه " وأبو داود والنسائي وابن ماجه وغيرهم بأسانيد صحيحة ، وليس في رواية مسلم: "فليسلم على النبي صلى الله عليه وسلم" وهو في رواية الباقين. زاد ابن السني في روايته " وإذا خرج فليسلم على النبي صلى الله عليه وسلم وليقل: اللهم أعذني من الشيطان الرجيم" وروى هذه الزيادة ابن ماجه وابن خزيمة وأبو حاتم بن حبان بكسر الحاء في "صحيحيهما" 69/1. Abu Humayd yoki Abu Usaydlardan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar birortangiz masjidga kirsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom aytib, so‘ng: اللهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ «Allohummaftah liy abvaba rohmatik», deb aytsin. Chiqqanida esa: اللهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ «Allohumma inniy as`aluka min fazlik», desin». (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening fazlingni so‘rayman.) Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qilganlar. Lekin u zotning rivoyatlarida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom aytsin», degan lafz yo‘q. Ibn Sunniy bu rivoyatga اللهُمَّ اَعِذْنِي مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ «Allohumma a’izniy minash shaytonir rojiym» (Ey Rabbim, meni la’nati shaytondan saqla), jumlasini ziyoda qilganlar. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 20:59 | Savol-javoblar | 291 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar