Olib tashlangan oyat bormi?

Assalomu alaykum! Keksalarga bo‘lgan hurmat yuzasidan qilinayotgan ma’ruzada imom domla, Qur’ondan keksa erkak va keksa ayol zino qilsa ularni toshbo‘ron qilish haqida kelgan oyat olib tashlangan deb aytdilar. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Axir mansuh bo‘lgan oyatlar ham tilovat qilinadiku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mansux bo‘lish ikki qismga bo‘linadi. Biri tilovati qolib hukmi mansux bo‘ladi. Ikkinchisi hukmi qolib tilovati mansux bo‘ladi. Siz aytgan oyatning tilovati mansux bo‘lib hukmi boqiy qolgan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 19:19 | Savol-javoblar | 156 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar