Ferzand ko‘rish duosi haqida
Assalomu alaykum! Ancha yillardan beri farzand ko‘rish istagidamiz. Bir videorolikni ko‘rib shunday savol tug‘ildi. Unda Madinai Munavvarada Kubo masjidining hozirgi imomi shayx Solih-al Mag‘omisiy farzand ko‘rish kechikayotganlarga shunday tavsiya qiladilar: qo‘shimcha namozlarda sajda chog‘ida «Robbi laa tazarniy fardav-va-anta xoyrul vaarisiyn» (Anbiya, 89-oyat)duosini 40 marta o‘qiydi, debdilar. Buni qilishga ikkilanayapman. Chunki bir insonni aytishicha, sajdada Qur’on oyati o‘qilmas ekan. Imom qo‘shimcha namoz deganda nafl namozni nazarda tutganmilar? Nafl namozlarda bu duoni o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozda yoki alohida sajda qilib so‘rash joiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozda yoki alohida sajda qilib so‘rash joiz. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush