Tashakkurnoma

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, tunu-kun mehnat qilib o‘z ilmingiz bilan ulashayotganingiz uchun sizlarga minnadorchilik bildirmoqchiman. Shu sayt tashkilotchilari, xizmatchilari va hamma shu saytga aloqador bo‘lgan insonlarga Alloh O‘z rahmatini va barakotini yog‘dirsin. Vaqti kelsa noo‘rin va bema’ni savollarga ham erinmay javob berasizlar, ba’zida shunday chuqur  savollar uchraydiki, uzundan uzun javoblarni dalili bilan keltirib berasizlar. Sizlarga katta rahmat. Martabangiz Alloh nazdida ulug bo‘lsin. Savobli ishlaringiz bardavom bo‘lsin. Allohim sizga va oilangizga O‘z marhamatini to‘kin qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amiyn. Tashakkur. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar