Namozni tahoratsiz o‘qish

Assalomu alaykum! Men davlat ishida ishleman, namozlarimni vaqtida o‘qishga xarakat qilaman doim. Sovuq tushib ishxonamda taxoratga sharoit bo‘lmayapti, shunga mustaxabni o‘zini olib namozlarimni o‘qiyapman, ko‘nglim g‘ash, qabul bo‘lyaptimi yoki yo‘q... Mana 3 kundirki ichim chiqmagani uchun kechki payt uyga kelib mustaxkam taxorat olib qazo namozlarimni ado etyapman, Iltimos shu vaziyatga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu erda hech qanday qiynchilik yo‘q. Mash tortishga yaroqli Eshel mest degan paypoqlar bor. Yuzni va ikki qo‘lni chig‘anoqqacha bir marta yuvish farz, bosh, javrobga mash tortilsa va mustahab qilishga hech qanday hojat yo‘q. Chunki tahorat qilishda u erni yuvish shart emas. Himmat qilsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar