Majburan g‘iybatni eshitish

Assalomu alaykum! Qaynona "orqali"ligini aytib, o‘zidan o‘zi ulaga kim issiq sovuq qilganini bilishini aytib, ko‘pchilik odamlarni aybini aytib g‘iybat qilsa, oddiy odamlarga noma’lum bolgan narsalarni bilishini da’vo qilsa, ularni eshitgan odam huddi folbinni gapini eshitganday gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Bu holat har kuni takrorlansa, eshitmasa hurmatsizlik bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eshitmaslik qaynonaga hurmatsizlik bo‘lgani bilan eshitish Allohga hurmatsizlik bo‘ladi. Alloh g‘iybatdan uzoqda bo‘lishga buyurgan. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar