Foydani nakd olish

Assalomu alaykum! Men xom-ashyoga xizmat ko‘rsatish korxonasida savdo bo‘limi raxbari lavozimida ishlayman. Oylik maoshim oklad undan tashqari olingan zakazga qarab bonus belgilan. Bizda raxbar tarafidan mijoz zakazing miqdoriga qarab xom ashyoning narx tayin qilingan. Misol uchun ko‘p miqdorda zakaz bo‘lsa 1 kvadratit 10000, kamroq bo‘lsa 12000. Shu jumlada xizmat ko‘rsatish narxlari xam zakaz miqdoriga qarab tayin qilingan. Bu narxlarni suniy nazorat qilaolaman. Savolim shuki, zakaz olish jarayonida belgilangan narxlardan korxona foydasidan tashqari yana ko‘proq foyda qo‘yib va bu foydani o‘zimga naqd olsam xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘ladi. Siz korxonaning sotuv vakilisiz. Qanchaga sotsangiz ham barchasi korxonaning mulkidir. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 14:03 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar