Hadisni noto‘g‘ri tushinib olishmaydmi?
Assalomu alaykum! Bir joyda quyidagicha hadis o‘qib qoldim: Abu Zarr G‘iforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Huzurimga Jabroil alayhissalom keldi. U menga: «Ummatingdan kim Allohga hech narsani shirk keltirmagan holda o‘lsa, jannatga kiradi» deb bashorat berdi» , dedilar. «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» dedim. «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», dedilar. «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» dedim. «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», dedilar. So‘ngra to‘rtinchi martada: «Abu Zarr istasa-istamasa» dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Mana shu hadis sahihmi. Agar sahih bolsa islomdan ayb qidirib uni qoidalariga tushishni hohlamayotganlar bu hadisni yomon tomonga burib olmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom butta shu hadisdan iboratgina emas. Gunoh, tavba, istig‘for haqida yuzlab oyat va hadislar bor. Tavbasiz o‘lib ketish haqida va’idlar ham bor. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 10:25 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar