Qur’onni o‘zbekchasini o‘qish
Assalomu alaykum! Qur’onni o‘zbekcha tarjimasini o‘qisam bo‘ladim? Arabcha yozuvni o‘qishga qiynalyapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta o‘zbekcha tarjimasini o‘qishingiz yaxshi, lekin Alloh taoloning kalomini kitob nozil bo‘lgan tilda o‘qish juda fazilatlidir. Shuning uchun qiyin bo‘lsa ham harakat qilsangiz ajr-savobi ulug‘ bo‘ladi.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَاهِرُ بِالْقُرْآنِ مَعَ السَّفَرَةِ الْكِرَامِ الْبَرَرَةِ وَالَّذِي يَقْرَأُ الْقُرْآنَ وَيَتَتَعْتَعُ فِيهِ وَهُوَ عَلَيْهِ شَاقٌّ لَهُ أَجْرَانِ. رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ وَمُسْلِمٌ وَأَصْحَابُ السُّنَنِ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَOisha roziyallohu anho rivoyat qiladi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qur’onni mahorat bilan tilovat qiluvchi qori elchi, yozuvchi va o‘ta yaxshi farishtalar bilan (bir maqomda)dir. Tili qiynalib tilovat qiluvchiga ikki barobar ko‘p ajr bo‘ladi”, deganlar”.
Buxoriy, Muslim, Sunan sohiblari, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati.
Ushbu rivoyatda Qur’oni karimni mukammal yodlab, uni biron qiyinchiliksiz o‘qiy oladigan, Qur’on qiroatiga mohir qori Allohning ulug‘ farishtalari bilan bir maqomda ekani aytilmoqda.
“Qur’onni mahorat bilan qiroat qilish” deganda, uni mukammal yodlash, Qur’onni muttasil o‘qib turish, umuman Qur’onga muhabbat qo‘yish va unga e’tiborli bo‘lish tushuniladi. Qur’onni to‘liq yod olmagan bo‘lsa-da, uni boshidan oxirigacha mahorat bilan biron xato va tutilishsiz o‘qiydigan qorilar rivoyatda va’da qilingan fazilatga erishadilar, inshaalloh!
Allohning amrlarini bandalarga etkazuvchi, bandalar qilayotgan amallarni yozib boruvchi va Allohga itoatgo‘y farishtalar U Zot huzurida qanday mavqe’ga ega bo‘lsalar, Qur’on qiroatiga mohir bo‘lgan qorilar ham shunday ulug‘ maqomga ega bo‘ladilar. Bu Qur’on qiroatiga bandalarni jalb qilishning ajoyib usulidir. Kim ham farishtalar maqomiga etishishni xohlamaydi. Alloh dargohida ulug‘ martabaga erishishni kim ham istamaydi?! Hamma xohlaydi buni. Bunga erishish uchun Qur’on qiroatini o‘rganish, uni yodlash va Qur’onga amal qilish kerak.
Ulamolar “Qur’onni mahorat bilan tilovat qiluvchi qori elchi, yozuvchi va o‘ta yaxshi farishtalar bilan (bir maqomda)dir” hadisini ikki xil ta’vil qiladilar:
1. Bunday bandalarga oxiratda farishtalar maqomi beriladi;
2. Bunday bandalar farishtalarning amalini qilgan, ular yo‘lidan borgan bo‘ladilar.
“Tili qiynalib tilovat qiluvchiga ikki barobar ko‘p ajr bo‘ladi”.
Rivoyatning davomida aytilishicha, Qur’onni qiynalib o‘qiydigan qori ikki marta ko‘proq ajr oladi. U Qur’onni o‘qigani va qiroatda mashaqqat chekkani sabab savobga erishadi.
Al-Qoziy va boshqalar: “Bu hadis tili qiynalib tilovat qiladigan banda Qur’onni mahorat bilan o‘qiydigan qoridan ko‘ra afzalligini anglatmaydi, balki mohir qori afzal va unga ko‘proq savob beriladi. Sababi ular farishtalar bilan bir maqomdadirlar”, deyishgan.
Bandalar rangi va ko‘rinishi har xil bo‘lganidek, ularning imkoniyatlari, aqliy qobiliyati va jismoniy salohiyatlari ham turlicha bo‘ladi. Kimdir aql va til jihatidan ustun bo‘ladi va Qur’onni qiynalmasdan, harflarini dona-dona qilib talaffuz qiladi. Yana kimdir Qur’on o‘qishga qiynaladi, tili ba’zi harflarni talaffuz qilishga kelishmaydi. Hadisning ikkinchi qismida bunday kishilarga bashorat berilmoqda, ularning ruhlari ko‘tarilmoqda, ular chekayotgan mashaqqatlar besamar ketmasligi, balki Qur’onni qiyinchiliksiz qiroat qiluvchidan ko‘ra ko‘proq savobga erishishlari ma’lum qilinmoqda.
Aslida Qur’oni karim tillarga oson qilib qo‘yilgan. Ammo ba’zi hollarda ma’lum jumla yoki so‘zlarni talaffuz qilish tilga og‘irlik qilishi mumkin. Ana shunday hollarda mazkur rivoyat yodga olinsa, bu yo‘lda chekilgan har bir mashaqqat cheksiz rohatga, har bir qiyinchilik behisob savobga aylanadi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 21:17 | Savol-javoblar | 168 | Qur’oni karim