G‘uslda niyat shartmi?

Assalomu alaykum! Cizlarga din yo‘lida qiladigan ishlaringbp uchun katta rahmat. Junub bo‘lgan odam g‘usl qilishdan oldin og‘zaki ya’ni tili bilan niyat qilishi farzmi yoki  dilidan  nopoklikdan tozalanish va shu g‘usl bilan namoz o‘qishni yoki Qur’on tilovat qilishni   niyyat   qilib g‘usl qilsa durust bo‘ladimi? Bilamiz g‘uslni farzlaridan biri niyat, shu niyat albatta og‘zaki arabcha yoki uni manosini aytish shartmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bilmas ekansiz. Xalq orasida tarqab qolgan “g‘uslga niyat farz” degan gap ham mutlaqo xato. G‘uslning farzlari uchta bo‘lib, 1-og‘izni to‘liq chayish, 2-burunni qattiq joyigacha suv etkazish(achishtirib suv tortish mustahab), 3-badanda birorta tuk miqdorini ham qoldirmasdan yuvish. Bundan boshqa biror amal farz emas.  Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:17 | Savol-javoblar | 168 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar