Qabr qazish

Assalomu alaykum! Erkak kishi hayotida 7 ta qabr kavlashga go‘rkovga yordam berish kerak deb eshitgan edim shu qanchalik to‘g‘ri? Qabr kavlash xam savobga kiradimi? Sizlarga javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda bu masalada "kerak" degan gap yo‘q. عَنْ أَبِي رَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ غَسَلَ مَيِّتًا فَكَتَمَ عَلَيْهِ غُفِرَ لَهُ أَرْبَعِينَ مَرَّةً، وَمَنْ كَفَّنَ مَيِّتًا كَسَاهُ اللهُ مِنْ سُنْدُسِ وَإِسْتَبْرَقِ الْجَنَّةِ، وَمَنْ حَفَرَ لِمَيِّتٍ قَبْرًا وَأَجنه فِيهِ أُجْرِيَ لَهُ مِنَ الأَجْرِ كَأَجْرِ مَسْكَنٍ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْحَاكِمُ Abu Rofi’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim mayyitni g‘usl qildirib(undagi ba’zi kamchiliklarni ko‘rib qolsayu), yashirsa, uni qirq bor mag‘firat qilinadi va kim mayyitni kafanlasa, Alloh taolo unga jannatning sundus va istabroq(harir va yupqa ipak)dan kiyim kiydiradi va kim mayytiga qabr kavlasa va uni qabrga qo‘ysa, qiyomatgacha bir maskanni ijaraga berganning ajri unga yozilib turadi”, dedilar". Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 184 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar