Namozni tez o‘qish

Assalomu alaykum! Bir hadisdan bildimki namoz o‘qiganda ruku va sajda holatini juda tez bajarmaslim kerak ekan. Ba’zida kimgadir iqtido qilib namoz o‘qisam ruku va sajdani tez bajaradi (men bir marta tasbeh aytish muddatimcha). Agar o‘sha odamning ortidan namoz o‘qimay desam fitna bo‘lishidan  yoki o‘zimdan o‘zim kibrlanib qolishimdan, o‘qiy desam namoz qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqaman. Ruku va sajdani tez bajarmaslik haqidagi hadisni aytsa ham ba’zilare’tibor qilishmaydi. Bunday holatda qanday yo‘l tutgan ma’qul?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Iqtido qilavering. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 181 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar