Qaynonamning munosabati
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, shu savol qiynayabti. 2,5 yil avval qaynonam bilan o‘rtamizdan gap o‘tgan. Ular ko‘p otam va onamni "menga mulozamat qilishmidi, ular befarosat" deb ko‘p aytganlar. Kunlarning birida shunday deganlarida "Otam va onamga til tekkizmang xaqqingiz yo‘q unaka degani" deb javob qaytardim. O‘sha-o‘sha man bilan gaplashgilari yo‘q. Xar kuni qung‘iroq qilib turardim shundan keyin telefonniyam ko‘tarmadila, oradan yarim yil o‘tgach kechirim so‘rab uylariga bordim. Ota-onez bilan uchrashganimdan so‘ng sizi keyin kelinim qilaman didila. Ular bilan uchrashishdi xam, lekin xaliyam mani kemasin kerakmas deb aytadila. Aytingchi arazlashib yurgan insonni ibodati qabul bo‘lmasmush men xam shunday xolatdamanmi? Nima qilishim kerak? Yarashganimizdan keyin xam xar xil gaplarini eshitish uchun xadeb oldilariga borgim yo‘q. Xozir gunoh ikkimizda hammi arazlashib yurganimizga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Uzr so‘rash sizni vazifangiz, qolgani qaynonangizniki. Bir birlaringizdan arazlab gina saqlab yurishlaringiz joiz emas. Duosini olsangiz baraka topasiz. عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِرَجُلٍ أَنْ يَهْجُرَ أَخَاهُ فَوْقَ ثَلَاثِ لَيَالٍ، يَلْتَقِيَانِ فَيُعْرِضُ هَذَا وَيُعْرِضُ هَذَا، وَخَيْرُهُمَا الَّذِي يَبْدَأُ بِالسَّلَامِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«(Musulmon) kishiga o‘z birodaridan uch kechadan ortiq arazlash halol emas. Uchrashib qolsalar, bu ham yuz o‘girib ketadi, u ham yuz o‘girib ketadi. Ikkovining yaxshirog‘i salomni boshlaganidir», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Islomda birov bilan so‘kishish, urishish, janjal qilish gunoh hisoblanadi. Bandachilik qilib, urishib, janjallashib, gunohkor bo‘lib yurganlarning bir-birlariga nisbatan adovat saqlab, arazlashib yurishlari gunoh ustiga gunohdir. Jahldan tushib, o‘zlariga kelishlari uchun urishgan taraflarga uch kun muhlat berilgan. O‘sha muhlatdan keyin ham arazlashib, bir-birini ko‘rganda yuz o‘girib ketish haromdir. O‘rtada yuzaga kelgan noqulay holatdan chiqishni o‘z bo‘yniga olib, qarshi tomonga birinchi salom bergan odam yaxshi odam bo‘ladi.
Kelasi hadisi sharifda bu ish qanday amalga oshishi va oqibati nima bo‘lishi haqida batafsilroq so‘z ketadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِمُؤْمِنٍ أَنْ يَهْجُرَ مُؤْمِنًا فَوْقَ ثَلَاثٍ، فَإِنْ مَرَّتْ بِهِ ثَلَاثٌ فَلْيَلْقَهُ فَلْيُسَلِّمْ عَلَيْهِ، فَإِنْ رَدَّ عَلَيْهِ السَّلَامَ فَقَدِ اشْتَرَكَا فِي الْأَجْرِ، وَإِنْ لَمْ يَرُدَّ عَلَيْهِ فَقَدْ بَاءَ بِالْإِثْمِ، وَخَرَجَ الْمُسَلِّمُ مِنَ الْهِجْرَةِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mo‘minning mo‘mindan uch (kun)dan ortiq arazlashi halol emas. Agar uch kundan o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, u bilan uchrashib, unga salom bersin. Agar (o‘sha kishi) uning salomiga alik qaytarsa, ikkilari ajrga sherik bo‘ladilar. Agar salomga alik qaytarmasa, gunohni o‘ziga olgan bo‘ladi. Salom beruvchi esa arazlashdan chiqadi», dedilar».
Sharh: Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Uch kundan ortiq arazlashgan taraflar gunohkor bo‘lishi.
2. Uch kun arazdan keyin bir tomon ikkinchisini topib, unga salom berishi lozimligi.
3. Bir tomon o‘zi bilan arazlashgan ikkinchi tomonga salom berganda ikkinchi tomon salomga javob qaytarsa, ikki tomonga ham ajr bo‘lishi va ular arazdan chiqishlari.
4. Bir tomon o‘zi bilan arazlashgan ikkinchi tomonga salom berganda ikkinchi tomon salomga javob qaytarmasa, gunoh o‘sha salomga javob qaytarmaganga bo‘lishi, salom bergan tomon esa arazdan chiqib, savobga noil bo‘lishi. Ikkinchi tomon arazda, binobarin, gunohkorlikda ham davom etishi. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يَحِلُّ لِمُسْلِمٍ أَنْ يَهْجُرَ أَخَاهُ فَوْقَ ثَلَاثٍ، فَمَنْ هَجَرَ فَوْقَهَا فَمَاتَ دَخَلَ النَّارَ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Musulmonga birodaridan uch kundan ortiq arazlash halol emas. Kim o‘shandan ortiq arazlab turib, o‘lib qolsa, do‘zaxga kiradi», dedilar».
Sharh: Qarang, o‘lgunicha birov bilan arazlashib yurish qanchalar yomon ish ekan!? Alloh taolo O‘zi asrasin!
Bungacha kelgan hadisi shariflarda Alloh taologa osiylik bo‘lgan ishlarda emas, o‘zaro janjallar tufayli arazlashishlar haqida so‘z ketdi. Endi esa Alloh taoloning va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning roziligiga qarshi bo‘lgan ishlarni sodir etganlardan arazlash haqida so‘z yuritiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush