Namozdan keyingi zikr

Assalomu alaykum! Bir tanishimiz o‘zlarini axli tariqat deydilar. Jamoat namozlariga chiqqanlarida kuzatganimda, namozdan keyingi zikrlar (33 martadan aytiladigan)ni aytmas ekanlar. Sababini so‘rasam, bizning tariqatdagilar zikrni sanamaydi, doimo zikr qilib yurish kerak dedilar. Agar sanashsa gunoh qilgandek tutishar ekan o‘zligini. Aslida buning haqiqati nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning piri “piri qallob” ekan. Chunki shariatga zid bo‘lgan har qanday tariqat bekordir. Bu ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ قُولُوا: سُبْحَانَ اللهِ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَالْحَمْدُ ِللهِ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَاللهُ أَكْبَرُ أَرْبَعًا وَثَلَاثِينَ، وَلَا إِلهَ إِلَّا اللهُ عَشْرَ مَرَّاتٍ Termiziyning lafzida: «O‘ttiz uch marta «Subhanalloh», o‘ttiz uch marta «Alhamdulillah», o‘ttiz to‘rt marta «Allohu akbar» va o‘n marta «Laa ilaaha illallohu» denglar», deyilgan. وَلِمُسْلِمٍ: مَنْ سَبَّحَ اللهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَحَمِدَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَكَبَّرَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، فَتْلِكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ، وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ  Muslimning rivoyatida esa: «Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘lur, yuztaning tamom bo‘lishiga: «La ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr»ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklari kabi bo‘lsa ham, mag‘firat qilinur», deyilgan. Sharh: Imom Muslimning rivoyatida kelgan zikrlarning avvali yoki oxirida «Oyatul Kursiy»ni qo‘shib o‘qishni so‘fiylar joriy qilganlar. Bu «so‘fiylar xatmi» deb nomlanadi. Bu nur ustiga nur, deyiladi. Chunki «Oyatul Kursiy» Qur’oni Karimdagi eng ulug‘ oyatdir. Ushbu xatmni qilish bizda ham joriy bo‘lib kelayotir. فَمَنْ رَغِبَ عَنْ سُنَّتِي فَلَيْسَ مِنِّي. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالنَّسَائِيُّ Kim mening Sunnatimga rag‘bat qilmasa, mendan emas», dedilar». Ikki Shayx va Nasaiy rivoyat qilishgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 187 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar