Qabriston odobi
Assalomu alaykum! Bir joyda eshitdim qabristondagi marmarlarga yozilgan yozuvni o‘qimanglar kasal ortirasiz deyishdi. Keyin qabrni oldiga borish shart emas, birinchi uchragan o‘rindiqqa o‘tirib duo qilib ketsa xam bo‘ladi deyishdi. Bu gaplar qanchalik rost?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bazi kitoblarda zehnni pasaytirishi mumkin deb kelgan. Shariatimizda har bir ishning ta’limoti bo‘lgani kabi, qabriston ziyorati va o‘tganlarni duo qilish to‘g‘risida ham mukammal qo‘rsatmalar bor. QABRLAR ZIYoRATI VA ULARNING AHLIGA
DUO QILIShعَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَدْ كُنْتُ نَهَيْتُكُمْ عَنْ زِيَارَةِ الْقُبُورِ فَقَدْ أُذِنَ لِمُحَمَّدٍ فِي زِيَارَةِ قَبْرِ أُمِّهِ فَزُورُوهَا فَإِنَّهَا تُذَكِّرُ اْلآخِرَةَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ وَاللَّفْظُ لِلتِّرْمِذِيِّ.Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sizni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo‘ldi. Bas, u (qabr)larni ziyorat qiling. Albatta, ular oxiratni eslatadi», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Lafz Termiziyniki.
Sharh: Johiliyat davrida qabrlarni ulug‘lash, ularga sig‘inish avj olgan edi. Allohga shirk keltirishning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan eng asosiy omillardan biri ham aynan qabrlarga sig‘inish bo‘lgan. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islomning dastlabki davrida musulmonlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edilar.
Tavhid aqidasi kishilar ongi va qalbida mustahkam joylashib bo‘lgandan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishga izn berdilar. Nafaqat izn berdilar, balki bu ishga amr qildilar, targ‘ib etdilar.
Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qabrlarni ziyorat qilishning hikmatlaridan asosiysini eslatib o‘tmoqdalar. U ham bo‘lsa, oxiratni eslashdir. Oxiratni eslagan odam esa, dunyoni qo‘yib, oxirat harakatini ko‘proq qiladi.
Shuningdek, ziyoratchining duosidan qabrda yotganlar ham foyda topadilar.عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَتَانِي جِبْرِيلُ فَقَالَ: إِنَّ رَبَّكَ يَأْمُرُكَ أَنْ تَأْتِيَ أَهْلَ الْبَقِيعِ فَتَسْتَغْفِرَ لَهُمْ قَالَتْ: قُلْتُ كَيْفَ أَقُولُ لَهُمْ يَا رَسُولَ اللهِ قَالَ: قُولِي السَّلاَمُ عَلَى أَهْلِ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَيَرْحَمُ اللهُ الْمُسْتَقْدِمِينَ مِنَّا وَالْمُسْتَأْخِرِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لَلاَحِقُونَ. وَفِي رِوَايَةِ السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ أَهْلَ الدِّيَارِ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُسْلِمِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ لَلاَحِقُونَ أَسْأَلُ اللهَ لَنَا وَلَكُمُ الْعَافِيَةَ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ.Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Menga Jabroil kelib:
«Robbing seni ahli Baqiy’ga kelib istig‘for aytishingga amr qiladir», deb aytdi», dedilar.
Oisha roziyallohu anho:
«Ularga nima deyman, ey Allohning Rasuli?» dedim.
«Assalomu ala ahli diyarim minal mo‘miniyn val muslimiyn va yarhamullohu al-mustaqdimiyna minna val musta’xiriyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun», deb ayt», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Assalomu alaykum ahlid diyarim minal mo‘miniyna val muslimiyn. Va inna inshaallohu bikum lalahiqun. As’alulloha lana va lakumul afiyata», deyilgan.
Muslim rivoyat qilgan.
Sharh: Baqiy’ ahli Madina qabristoni bo‘lib kim vafot etsa o‘sha erga ko‘milgan va ko‘milmoqda.
Demak, Baqiy’ga borib ziyorat qilib, u erdagilarning gunohini kechirishni so‘rashni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning o‘zi amr qilgan.
Oisha onamiz qabristonga borganda u erda yotganlarga nima deyishni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan so‘raganlar.
O‘sha salomning ma’nosi:
«Mo‘minlar va muslimlardan bo‘lgan diyor ahliga salom. Alloh bizdan o‘tganlarni va qolganlarni rahm qilsin. Albatta, biz ham, inshaalloh, sizlarga qo‘shilamiz».
Ikkinchi rivoyatda:
«Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so‘rayman» jumlasi ziyoda qilingan.عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَتَى الْمَقْبُرَةَ فَقَالَ: السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ دَارَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ وَإِنَّا إِنْ شَاءَ اللهُ بِكُمْ لاَحِقُونَ. رَوَاهُ أَحْمَدُ وَمُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam maqbaraga keldilar va:
«Assalomu alaykum dora qavmim mo‘miniyn. Va inna inshaallohu bikum lahiqun», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu salom siyg‘asini yodlab olib qabr ziyorati vaqtida aytish kerak. Ma’nosi avvalgi salomning ma’nosiga yaqin. har birimiz ushbu muborak duolarning ma’nosini anglab, yod olishimiz va vaqtida o‘qib yurishimiz lozim. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَرَّ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِقُبُورِ الْمَدِينَةِ فَأَقْبَلَ عَلَيْهِمْ بِوَجْهِهِ فَقَالَ: السَّلاَمُ عَلَيْكُمْ يَا أَهْلَ الْقُبُورِ يَغْفِرُ اللهُ لَنَا وَلَكُمْ أَنْتُمْ سَلَفُنَا وَنَحْنُ بِاْلأَثَرِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madina qabrlari yonidan o‘tdilar. Ularga yuzlari bilan boqib:
«Assalomu alaykum ya ahlal qubur, yag‘firullohu lana va lakum antum salafuna va nahnu bil asar», dedilar».
Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Ma’nosi: «Assalomu alaykum, ey ahli qabrlar. Alloh bizni ham, sizni ham mag‘firat qilsin. Siz o‘tganlarimizsiz, biz izingizdan».وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَعَنَ الله زَائِرَاتِ الْقُبُورِ وَالْمُتَّخِذِينَ عَلَيْهَا الْمَسَاجِدَ وَالسُّرُجَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ.Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni va qabrlar ustiga masjid qurib, chiroq yoquvchilarni la’nat qilsin», dedilar».
Sunan egalari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisda ayol kishilarning qabrlar ziyoratiga borishi yaxshi emasligi qattiq ta’kidlanmoqda.
Ulamolarimiz qabr ziyoratiga borib, dod solib yig‘lagan, sabrsizlik qilgan va noshar’iy xatti-harakatlar qilgan ayollarga la’nat aytish xosdir, deydilar.
Mazkur narsalarni qilmay, o‘zini shariat ko‘rsatmalari asosida tutgan ayollar uchun esa, qabrlarni ziyorat qilish jumhur ulamolar gapi bo‘yicha makruh, hanafiy mazhabi bo‘yicha joizdir.
Ulamolarimiz juma, shanba, dushanba yoki payshanba kunlari qabrlar ziyorat qilingani ma’qul, deydilar. Duo-fotiha tik turib qilinadi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shundoq qilganlar.
Yosin, Fotiha, Taborak, Takosur suralarini hamda Ixlos surasini uch yoki etti yoki o‘n bir marta o‘qish mustahab.
Ahli sunna va jamoa ulamolari e’tiqodi bo‘yicha mayyit dunyoda qolgan ahli va yor-birodarlarining hol-ahvolini bilib turadi, unga ularning holi ko‘rsatiladi. Mayyit ularni ko‘radi. Yaxshi narsalaridan xursand, yomon narsalaridan xafa bo‘ladi. Bu haqida ko‘plab hujjat, dalillar, hadislar kelgan.
Imom Ahmad, Imom Abu Dovud, Imom Ibn hibbon va Imom hokimlar Ma’qil ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:
«O‘liklaringizga «Yosin»ni qiroat qilinglar», deyilgan. Bu hadisi sharifning matni va sharhi yuqorida o‘tdi.
Imom Dora Qutniy rivoyat qilgan hadisda esa, kim qabrlar oldidan o‘tsa va «Qul huvallohu ahad»ni o‘n bir marta o‘qisa, so‘ngra savobini o‘liklarga bag‘ishlasa, unga o‘liklarning adadicha savob beriladi», deyilgan.Jumhur ulamolari mayyitning haqqiga Qur’on qiroatidan keyin duo qilgan afzal, chunki qiroatdan keyin duo qabul bo‘lishi va’da qilingan, mayyitga duo manfaat berishi haqida hech kimda shubha yo‘q, deydilar. ("Hadis va Hayot" kitobidan).
Qabrni ziyorat qiluvchi kishi orqasini qiblaga, o‘zini esa ziyorat qilyapgan qabriga qilib o‘tirishi ziyorat odoblaridan hisoblanadi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 16:57 | Savol-javoblar | 189 | Ruhiy tarbiya