Sabrning oxiri

Assalomu alaykum! Xotinim ba’zan va’da qilib bajarmaydi, undan oddiy muslima qilishi kerak bo‘lgan narslani surasam, bo‘yanmaslik ko‘chaga chiqqanda, ruxsatsiz ko‘cha chiqmaslik vaho-kazolar. Shunda assabiylashib gaplashmay qo‘yaman albatta bu hol takror takror qaytalanganda. Bazan juda jahlim chiqib ketadi nima qilishni bilamayman. 2). Bir do‘stimiz bir necha bor takror aytishimizga qaramay o‘rtog‘ini xotini bilan zino qiladi. Qancha kinoya qancha maslahat qaytarish befoyda nima qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Inson nafaqat o‘zining xotini oldida balki nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha insonlarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda sizga o‘xshab qo‘pollik qilib qo‘yadi, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuboradi. Siz ilm o‘qing.2). Do‘stingizga zinoning qarzligini uqtirib qo‘ying. Vaqti kelganida bu qarzni yoki xotini yoki qizilaridan biri to‘laydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:24 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar