Kelin salom haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, olib borayotgan bu xayrli ishlaringizga Alloh baraka berib, ajrini ko‘paytirib bersin. Savolim kelin salom qilish haqida edi. Ya’ni bunda kelinlarni egilib salom berishi haqida. Bir hadisni eshitishimcha Muoz roziyallohu anhu Yamanga borib qarasalar ahli kitoblar o‘z olimlariga egilib, rukuga o‘xshab salom berib ehtirom qilishar ekan. Shunda Muoz roziyallohu anhu o‘ylab qolib, bu ishga Rosululloh sollollohu alayhi vassallam haqlilar deb, ularning oldilariga kelib shunday salom berganlarida, u zot sollollohu alayhi vassallam bundan qaytargan ekanlar. Ma’ruzada shundan keyin avvalgi shariatlarda mavjud bo‘lgan tazim sajdasi bizlarda mansux bo‘lgan deb aytilgan. Kelin salom qilish hukmini aytsangizlar. Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ta’zim qilishda haddan oshmaslik Sajda yolg‘iz koinot Xoliqining haqqidir, Undan o‘zga yulduzu, insonu, quyoshu va unga o‘xshashlarning birortasiga sajda qilish haromdir. Sajda xoh ibodat niyatida bo‘lsin xoh ta’zim va ikrom niyatida bo‘lsin ummatning ijmo’si ila haromdir. Ibodat niyatida o‘zgaga sajda qilish bilan ta’zim va ikrom uchun sajda qilish orasidagi farq shuki, Alloh ta’olodan o‘zgaga sajda qilsa kofir bo‘ladi. Ta’zim va ikrom niyatida sajda qiluvchi kofir bo‘lmasada, harom ishga qo‘l urib fosiqqa hukm qilinadi. Ibodat niyatida Alloh ta’olodan o‘zgaga sajda qilish biror bir ummat va biror bir shariatda halol emasdir. Chunki bunday qilish shirk hisoblanib, barcha anbiyo va rasullar undan qaytarganlar. Ta’zim va ikrom sajdasi esa avvalgi anbiyo va rasullar shariatida joiz bo‘lib, Odam alayhissalom dunyoga kelishlaridan oldin Alloh taolo farishtalarni u zotga sajda qilishga buyurgan. Yusuf alayhissalomning ota va akalari ham unga sajda qilganlari Qur’oni Karimda zikr qilingan. Bu sajda bizdan oldingi shariatda bo‘lib, Islomda uni mansuh(bekor) qilinganligiga ummatning barchasi ittifoq qilganlar. “Alloh taolodan o‘zgaga sajda qilish mutlaq harom” deb hukm chiqarganlar. وَمِنْ آيَاتِهِ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ وَالشَّمْسُ وَالْقَمَرُ لَا تَسْجُدُوا لِلشَّمْسِ وَلَا لِلْقَمَرِ وَاسْجُدُوا لِلَّهِ الَّذِي خَلَقَهُنَّ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ Kechayu kunduz, quyoshu oy Uning oyat(belgi)laridandir. Bas, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmang. Ularni yaratgan Allohga sajda qiling. Agar Ungagina ibodat qilmoqchi bo‘lsangiz. (Fussilat surasi, 37-oyat). Islom shariati qo‘l berib ko‘rishishga ruxsat bergan. Alloh taoloning ibodatini qilayotgan holatdagi ko‘rinishlardan ruku’, sajda, qiyomda qo‘l bog‘lab turish kabi harakatlarni Alloh taolodan o‘zgalar oldida qilishdan qaytargan. صل حكم الانحناء عند التحية وأما الانحناء: عند التحية فينهى عنه كما في الترمذي عن النبي صلى الله عليه وسلم، أنهم سألوه: عن الرجل يلقى أخاه ينحني له؟ قال: لا مجلة البحوث الإسلامية Salom berish vaqtidagi egilishning hukmi to‘g‘risida kelgan faslda: “Salom berayotgan vaqtda egilib salom berishdan qaytarilgan. Sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Kishi birodariga yo‘liqqanda (salomlashish uchun) unga egilsa bo‘ladimi?” deb so‘radilar. Shunda u zot “Yo‘q” dedilar. (“Majallatul buhusil islamiya”). Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, insonning insonga ikrom niyatida qilgan ta’zimi insonning Allohga qiladigan ibodat ta’zimi suratida bo‘lmasligi kerak. Hozirgi kunimizda ham o‘zbeklarning urf-odatlariga qo‘shilib ketgan ba’zi bir urflar bor. Masalan, “kelin salom”dagi kelinning boshqalarga ta’zim qilishi ham xuddi namozda Alloh taologa ruku’ qiladigan darajada egilishga o‘xshaydi. Kelinning boshqalarga ta’zim shaklidagi salomi xalqimizning chiroyli va o‘ziga xos odatlaridan bo‘lsada, ta’zimda ruku’ darajasigacha egilmaslikka e’tibor qaratsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muhammad Shafi’ Usmoniy rohimahulloh “Ahkamul Qur’an”. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 209 | Dolzarb savollar