Kreditga buyum olish va uni foizlari

Shayx janoblari! Xozirgi kunda kupgina birodarlarimiz oldindan 20-30 foiz narxini tulab, kreditga televizor va boshka uy-ruzgor buyumlarini sotib olishmokda va kolgan pulini foizi bilan 1,2,3 yilda tulashmokda. Bu masalaga shariatimizda ruxsat bormi? Javobingiz uchun raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday savdoni foizli deyilmaydi. Balki narxni bo‘lib to‘lash deyiladi. Misol uchun o‘sha televizorning naqd pulga narxi etti yuz ming so‘m bo‘ladi. Nasiyaga olmoqchi bo‘lgan odamda birdan to‘lashning imkoni yo‘q. Shuning uchun savdogar nasiyaga bo‘lsa, narxi to‘qqiz yuz ming, deydi. Xaridor rozi bo‘ladi va shartnoma tuziladi. Bu shakldagi savdo to‘g‘ri. Ammo ajnabiy tildagi «kredit» so‘zi ishlatilgani uchun ko‘pchilik shubhalanishadi. Chunki «kredit» so‘zi qarz ma’nosida ham ishlatiladi. Ya’ni, birovga ma’lum miqdorda qarz berib turish. Bunda berilgan qarz ustiga foyda olinsa, ribo bo‘ladi.

20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 178 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar