Qarzni ololmasdan oxiratga qoldirish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, qarzdor odam qarzini qaytarishga sharoiti bo‘la turib bir necha yil qaytarmasa, qarzini tan olsayu lekin imkoni bo‘lganda ham bermasa, haqdor nima qilishi kerak? Oxiratga qoldirish mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Olib beradiganlarni ijaraga olib bo‘lsa ham olish kerak. Chunki oxiratga qo‘yaverish jamiyatda bu kabi insonlarni ko‘payishiga olib keladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar