Pornoga qarshi kurash

Assalomu alaykum! Savolimdan biroz uyatdamanku lekin bu savol hozirda dolzarb muommoga aylanib ulgurdi menimcha. Hozirgi kunda porno juda ham ommalashib ketdi. Juda ko‘p bolalar undan o‘zlarini tiya olmayapdi. Men kiber xafsizlikni o‘rganmoqchiman, yani saytlar qanday himoya qilinadi, buzilishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘laman shunda. Maqsadim porno saytlarga hakerlik xujumlarini uyushtirish va yo‘q qilish. Lekin bunday xujumlar jinoyat hisoblanadi, Ammo ba’zi odamlar banklarni ham masofadan turib o‘marib qo‘ymoqda. Shu maqsadimni amalga oshirsam maylimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday saytlarga urush ochish bilan muammoni hal qilib bo‘lmaydigan darajaga kelib bo‘lingan. Afzal yo‘l yoshlarga bu ishning haromligini etkazish va haromdan tiyiladigan qilib tarbiyalashdir. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 23:47 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar