Safar muddati qancha?
Assalomu alaykum! Oilali erkakning safar muddati uzog‘i bilan qancha vaqtgacha bo‘lishi mumkin? Bir yaqin akamizni yoshlari 27da, bo‘ydoq, farz amallarga rioya qiladilar qodir qilganicha, ko‘pincha ish bilan chetda safarda yuradilar. Uylanib bir oydan so‘ng ayollarini onalari bilan uyda qoldirib 3-4 oylada 1-2 haftaga kelib turmoqchilar. Hozirda o‘zlari bilan olib ketishga imkon yo‘q, shu sababdan uylanolmay yurgan edilar. Bir ikki yildan keyin xujjatlar bitgandan keyin olib ketmoqchilar. Bu akamizni qilmoqchi bo‘layotgan ishlari ma’qulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kechani er bilan o‘tkazish ayolning haqqi. To‘rt oyda bir marta bo‘lish diyonatan vojib. Ayol kishi o‘z haqqi borasida ixtiyorli, xohlasa talab qlsin, xohlasa ruxsat bersin. Qanday kelishuvga kelishsa, shar’an mone’lik yo‘q. Lekin er boru o‘zi yo‘q qabilida muallaq holda tashlab qo‘yish joiz emas. Alloh taolo “Niso” surasida marhaat qiladi: وَلَن تَسْتَطِيعُواْ أَن تَعْدِلُواْ بَيْنَ النِّسَاء وَلَوْ حَرَصْتُمْ فَلاَ تَمِيلُواْ كُلَّ الْمَيْلِ فَتَذَرُوهَا كَالْمُعَلَّقَةِ وَإِن تُصْلِحُواْ وَتَتَّقُواْ فَإِنَّ اللّهَ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا 129... Bas, bir yo‘la moyil bo‘lib ketib, uni (eri yo‘qolgan) muallaq ayolga o‘xshatib qo‘ymang. Agar isloh etsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. «Bas, bir yo‘la moyil bo‘lib ketib, uni (eri yo‘q) muallaq ayolga o‘xshatib qo‘ymang». «Muallaq ayol» deb, xotin bo‘lib xotin emas, boshi ochiq bo‘lib, boshi ochiq emas, arosat bir holda qolgan ayolga aytiladi. Eri safarga ketib, g‘oyib bo‘ldi. Erim bor, desa, o‘ligining ham, tirigining ham xabari yo‘q. Erim yo‘q, desa, bor edi, taloq ham qilmagan edi. Bunday muallaqlik azob, shuning uchun oyati karima erni bu masalada adolatli bo‘lishga chorlamoqda. «Agar isloh etsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Er-xotinlik ishlarida ham doimo islohni ko‘zda tutib, taqvo bilan ish yuritish lozim. Inson o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solib, oilasini buzmaslikka, saqlab qolishga harakat qilishi kerak. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush