Namoz vaqtlari taqvimidagi Tong va Quyosh chiqishi nimani bildiradi?
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Avvallari besh vaqt namozda Bomdod, Peshin, Asr, Shom va Xufton namoz vaqtlari edi. Hozirgi kunda boshqa xildagi namoz vaqtlarini ko‘rib turibmiz. Hozirgi Tong va Quyosh degan namoz vaqtlarini unchalik tushunmadim? Iltimos tushuntirib bersangiz?Oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Va alaykum assalom! Savolingizga administrator javob berishiga ruxsat bersangiz. Namoz vaqtlari bir necha o‘n yillardan beri shu usulda chop etiladi. Tong va Quyosh bu yangicha namoz vaqtlari emas, aksincha qachon tong kirishi va quyosh chiqishini bildiruvchi ma’lumotdir. Tong otishi va quyosh chiqishi vaqat bamdod namoziga aloqador emas, balki bir necha ibodatlar uchun xosdir. Masalan, bamdod namozining vaqti tong otgandan quyosh chiqqanchadir, shu ikki vaqt orasida bamdod namozini o‘qisangiz bo‘ladi. Vitr va Xufton namozining vaqti esa tong otgangachadir, shuningdek nafl ro‘za tutuvchilar uchun saharlik qilish vaqti tongda tugaydi, shuningdek tunda o‘qiladigan boshqa namozlarni ham tong otgandan keyin qilib bo‘lmaydi.
30 Aprel 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 307 | Namoz