Og‘iz bo‘shlig‘idagi ovqat qoldiqlari

Assalomu alaykum! Savol takroriy berilgan bulsa ming bor uzur. Izlash hizmatidan qidirdim, ammo kerakli javobni topa olmadim. Tish orasi va bo‘gizda qolib ketgan ovqat qoldiqlari, agar sahar vaqti o‘tgandan keyin yutilsa ro‘za buziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Saharlikdan so‘ng tishning oralarida qolgan narsa no‘xat miqdoridan kichikroq bo‘lib, uni yutib yuborsa zarari yo‘q. Lekin og‘izdan tashqariga chiqarib so‘ng og‘izga qayta solib yutsa ro‘za ochiladi. No‘xat miqdoricha yo kattaroq bo‘lsa ro‘za ochiladi.  Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar