Ish joyimdagi holat

Assalomu alaykum! Man davlat ishxonasida skladda ishliman. Mani ho‘jayinim skladdan uyga kerakli 3-4ta maishiy narsa olib ketadi. Man esa bunga yo‘q deya olmiman, lekin shu olgan narsalarini spisaniya vaqtida bino zaruratlariga sarflandi yoki ishlatildi deb aytaman. Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi? Umuman buni orqasidan olayotgan maoshim halol bo‘ladimi? Yana ishxonada ishlaydigan bir qiynalgan inson bor. Xo‘jayinim ularga ham uylariga ishlatish uchun sovun, hojatxona qog‘ozlari va shunga o‘xshash mayda-chuyda uyga kerakli narsalar olib beradilar. Bularni ham binoga sarflandi yoki ishlatildi deb spisaniya qilaman. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida unday qilishga hech qanday haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 00:25 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar