Pichoq o‘qtalishning hukmi qanday?

Assalomu alaykum! Xalqimizda “pichoq o‘qtalsa iymonni kesadi” degan gap bor. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi musulmonga tig‘ o‘qtalishidan qaytarilgan. NABIY SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING «KIM BIZGA
QARShI QUROL KO‘TARSA, BIZDAN EMAS!» DEGAN SO‘ZLARI HAQIDA
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَمَلَ عَلَيْنَا السِّلَاحَ فَلَيْسَ مِنَّا Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qarshi qurol ko‘tarsa, bizdan emas!» dedilar». عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَمَلَ عَلَيْنَا السِّلَاحَ فَلَيْسَ مِنَّا Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bizga qarshi qurol ko‘tarsa, bizdan emas!» dedilar».سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يُشِيرُ أَحَدُكُمْ عَلَى أَخِيهِ بِالسِّلَاحِ، فَإِنَّهُ لَا يَدْرِي لَعَلَّ الشَّيْطَانَ يَنْزِعُ فِي يَدِهِ، فَيَقَعُ فِي حُفْرَةٍ مِنَ النَّارِ Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Birortangiz birodariga qurol o‘qtalmasin! Zero, u bilmaydiki, shayton (qurolni) uning qo‘lidan chiqarib yuborsa, do‘zaxning bir chuquriga tushishi mumkin», dedilar».سَمِعْتَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُما يَقُولُ: مَرَّ رَجُلٌ بِسِهَامٍ فِي الْمَسْجِدِ، فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَمْسِكْ بِنِصَالِهَا»؟ قَالَ: نَعَمْ Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo aytadi:
«Bir kishi (qo‘lida) o‘qlari bilan masjiddan o‘tib qolgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Paykonidan ushlab ol», dedilar». عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَجُلًا مَرَّ فِي الْمَسْجِدِ بِأَسْهُمٍ قَدْ أَبْدَى نُصُولَهَا، فَأُمِرَ أَنْ يَأْخُذَ بِنُصُولِهَا، لَا يَخْدِشُ مُسْلِمًا Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi (qo‘lida) o‘qlar bilan masjiddan o‘tib qoldi, paykonlari ko‘rinib turardi. Shunda unga biror musulmonni tilib olmasin deb paykonlaridan ushlab olishni buyurishdi». عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ
قَالَ: إِذَا مَرَّ أَحَدُكُمْ فِي مَسْجِدِنَا أَوْ فِي سُوقِنَا وَمَعَهُ نَبْلٌ فَلْيُمْسِكْ عَلَى نِصَالِهَا - أَوْ قَالَ فَلْيَقْبِضْ بِكَفِّهِ - أَنْ يُصِيبَ أَحَدًا مِنَ الْمُسْلِمِينَ مِنْهَا شَيْءٌ
Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birortangiz masjidimiz yoki bozorimizdan kamon o‘qini ko‘tarib o‘tsa, birorta musulmonga tegib ketmasligi uchun paykonidan tutib olsin» [yoki «kafti bilan ushlab olsin»]. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 202 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar