Jinlar haqida to‘liq ma’lumot bersangiz
Assalomu alaykum. Mening ismim Gulmira. Men jinlar haqida to‘liq ma’lumot olmoqchiman. Chunki bir inson menga odaming bor dedi, biri uni nomi jin dedi. Ha, bo‘lishiyam mumkin, balki yo‘q. Men namoz o‘qimay yurgan inson edim, o‘qish niyatim bor edi, lekin har hil bahona bilan o‘qimasdim, bir kun kimdir kelib menga namozni qanday qilib o‘qishni yaxshilab o‘rgatishini kutardim, mening eng katta bahonam shu edi. Jin to‘g‘risida aytishganidan keyin men har hil ma’lumotlar ega bo‘la boshladim va shu orada bir inson bilan tanishdim. U menga namoz o‘qishni chin dildan menga yordam berib, o‘rgatdi, men undan so‘raganim ham yo‘q edi. O‘zi keling sizga o‘rgataman dedi va men judayam hursand bo‘ldim. Ha, namoz o‘qimay yurgan paytlarimda g‘alati tushmi lekin tushga o‘xshamaydi, bu go‘yo hayotda bo‘layotganidek va hech uyg‘ona olmasdim, kalima keltirganimdan keyin shu zahotiyoq uyg‘onardim, bunaqa ko‘p bo‘lib turardi. Umr yo‘ldoshimga yig‘lab aytardim, ular namoz o‘qing, boshingizga ro‘mol o‘rab yuring va hammasi o‘tib ketadi derdilar. Allohga shukr, hozirgi kungacha hammasi yaxshi, o‘tib ketdi. Lekin baribir shu to‘g‘risida bilmoqchiman. Oldindan kattakon rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bismillahir rohmanir rohiym.Mo‘min-musulmon insonning Qur’onda kelgan har bir xabarga iymon keltirishi farz. Xudo ko‘rsatmasin, Qur’ondagi biror xabarga shubha bilan qarash, ishonmaslik kofirlik bo‘ladi. Shundan kelib chiqilsa, jin haqida Qur’onda oyat kelishi ularning borligiga iymon keltirishni barcha musulmonlarga farz qiladi. Shunday ekan, bir oz to‘laroq tushunish uchun bu boradagi ba’zi ma’lumotlarni o‘rganib qo‘ymog‘imiz zarur.Ma’lumki, dunyo siru asrorlarga to‘la. Biz hali mohiyatini, sifatini, ta’sirini bilmaydigan hodisalar atrofimizda to‘lib-toshib yotibdi. Biror narsa ko‘zimizga ko‘rinmasa, uni yo‘q deyishga haqqimiz yo‘q. Har kuni yangi narsalar, maxluqotlar kashf etilyapti. Kecha bilmagan narsalarimiz bugun kashf etilsa, biz uni yo‘q edi deya olmaymiz. Balki, kecha bu bor narsani biz bilmas ekanmiz, deymiz. Hozirgi kunda o‘tgan ajdod bilmagan, xayoliga ham keltirmagan qanchadan-qancha narsalarni bilyapmiz. Albatta, biz bilgan narsalar keyingi avlodlar uchun o‘yinchoqqa o‘xshab qoladi. Bu narsalar Alloh taolo insonga bergan qobiliyatlar yordamida kashf qilinmoqda, bularning hammasi inson idroki chegarasidagi narsalardir. Kelajakda yana ko‘p narsalar kashf etilishi turgan gap. Demak, biror narsani bor yoki yo‘q deb jazm ila hukm chiqarib yuborishga hech kimning haqqi yo‘q. Biz, bandalar idrokimizni ishga solmay, Alloh taolo O‘zi ba’zi sirni kashf etib bersa shukr qilib qabul etmog‘imiz lozim. Masalan, jinga ishonish masalasida ham Alloh taolo O‘z kalomida siz bilan bizga ma’lumot bergan ekan, uni ixlos bilan qabul etib, ishonib, iymon keltirmog‘imiz lozim.Alloh taoloning bizga bildirishicha, jin deb atalgan maxluqot bor, u olovdan yaratilgan. Iblis ham jinlardan hisoblanadi. Jinlar odamlarni ko‘radi, odamlar ularni ko‘rmaydi. Jinlarning ham insonlarga o‘xshash jamoatlari, qabilalari, guruhlari bor. Ular ham er kurrasida yashash qobiliyatiga ega. Boshqa sayyoralarda yashash imkonlari ham mavjud. Zalolatga ketgan insonlarni yo‘ldan ozdirib, fikrlariga ta’sir o‘tkazishlari mumkin. Insonning ovozini eshitib, tilini tushunishadi. Ularning ichida musulmonlari ham, kofirlari ham bor. (O‘g‘liga Qur’on yodlatmoqchi bo‘lgan jin tanish qorilardan biriga yordam so‘rab murojaat qilgani bizga ham ma’lum).Jinlarning Qur’on tinglaganliklari haqidagi rivoyatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqandan so‘ng ma’lum bo‘ladiki, aynan shu safar Muhammad alayhissalomning o‘zlari jinlar u zotning tilovatlariga quloq osganidan va undan keyingi gaplardan bexabar bo‘lganlar. Faqat Alloh taolo oyat tushirib xabar berganidan so‘ng bilganlar. Ammo ushbu voqeadan so‘ng jinlar yana kelib tinglashganida Payg‘ambar alayhissalom bu galgisini bilib turganlar.Payg‘ambar alayhissalom bomdod namozini o‘qiyotganlarida bir guruh jinlar u zotning qiroatlarini tinglab iymonga kelganlari va boshqa hodisalar Jin surasi va boshqa suralar tafsirida batafsil keltiriladi.Jin haqida qisqacha bo‘lsa ham ma’lumot olishimiz bu surai karimaning ma’nolarini yanada chuqurroq tushunishimizga yordam beradi, degan umidda quyidagilarni e’tiboringizga havola qilishga ijozat bergaysiz.Qur’oni Karim nozil bo‘layotgan paytda arab qabilalari jinlarga maxfiy, noravshan xudolar deb e’tiqod qilishar edi. Ular jinlarning nasabi Alloh taologa etib boradi, uning jinlardan sheriklari bor, degan buzuq e’tiqodga ham bo‘ysunishardi. Shuningdek, arablar jinlar g‘oyibdan xabardor, folbin va munajjimlarga osmon sirlarini aytib turishadi, degan o‘yda edilar. Jin surasi ushbu e’tiqodlarning bekorchi ekanini ta’kidlaydi. Bunga qo‘shimcha ma’noda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘z hadisi shariflarida: «Kim folbinu munajjimga borsa va ularga ishonsa, Muhammadga tushgan narsaga kofir bo‘libdi», deganlar.Arablarda jinlarning hukmi er yuzida o‘tadi, degan xom xayol bo‘lib, agar ulardan birortasi ma’lum bir erga borib yotib qolmoqchi bo‘lsa, «Ushbu joyning xo‘jayin jinidan panoh so‘rayman», degan ma’nodagi duoni qilardi.Bizning yurtlarda ham, hatto hozirgi vaqtgacha kishilarda yuqoridagilarga o‘xshash turli-tuman buzuq, bid’at-xurofotdan iborat tushunchalar mavjud va ular bu yolg‘on e’tiqodga bo‘ysunadilar. Ayniqsa keyingi paytda kishilar ruhiy bo‘shliq haddan tashqari ziyoda bo‘lganidan bu ma’nodagi gap-so‘zlar ko‘payib ketdi. Agar ularga quloq osadigan bo‘lsak, xuddi butun dunyoni jinlar boshqarib turganga o‘xshaydi (astag‘firulloh).Shu bilan birga qadimda ham, hozirda ham jinlarni umuman inkor etadiganlar bor. Ular jin haqidagi har bir so‘zni afsona, bekorchi gap deyishadi. Jinlar haqidagi hodisalarning guvohi bo‘lgan kishilarni jinniga, miyasi ayniganga chiqarishadi.Islom esa jin haqida xuddi boshqa masalalardagi kabi haqiqatni bayon qiladi. Islom jin borligini, uning haqidagi to‘g‘ri tasavvurni bayon etib, noto‘g‘ri tushunchalarni rad qildi. Shu bilan birga jinlardan kutiladigan mavhum qo‘rqinch va xavfu xatarni ham rad etadi.Jinlar haqiqatda bor mavjudotlar bo‘lib, asli o‘tdan yaratilgan. «Jin» so‘zining lug‘aviy ma’nosi esa «to‘silgan» degani, ya’ni, odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa. Shu sababli ham u insonlarga ko‘rinmaydi. Ular o‘zlari ko‘rinmay turib, bizlarni va boshqa narsalarni ko‘rishlari mumkin. Shu bilan birga turli shakllarga kirishlari ham mumkin. Ularning ichida ham xuddi odamlarga o‘xshab iymonsiz-iymonli, yaxshi-yomon, adashgan va hidoyatda yurganlari, firibgar va soddalari bor. Jinlardan ham Qur’onga, Payg‘ambar alayhissalomga iymon keltirib yaxshi yo‘lda yurganlari jannatga, iymonsiz bo‘lib yomon yo‘lda yurganlari do‘zaxga tushadi. Ular odamlarga hech qachon yordam bera olmaydilar va g‘oyib sirlarini bilmaydilar, chunki Qur’oni Karim nozil bo‘lgandan so‘ng ular bu xislatlardan mahrum bo‘lishgan. Jinlarning Alloh taolo bilan nasab yo‘lidagi bog‘liqligiga kelsak, bu haqdagi har qanday fikr tuhmatdir.«Saba’» surasida bir guruh jinlar Sulaymon alayhissalomga xizmatkor bo‘lganlari, u zot hassaga suyanib turib vafot etganlaridan so‘ng ham tirik, kuzatib turibdi, deb o‘ylab, mashaqqatli ishda davom etganlari haqida oyatlar bor. Jin surasining tafsiri davomida bu masalalar yanada ravshan bo‘ladi, inshaalloh.Islomdan avvalgi vaqtda jinlar osmonga chiqib maloikalarning o‘zaro suhbatlarini, jumladan yaqin kunlarda sodir bo‘ladigan ba’zi ishlar haqidagi ma’lumotlarni yashirincha eshitib, erdagi folbinu munajjimlarga birga o‘nni qo‘shib etkazishar ekan. Oradan ancha vaqt o‘tib, osmon xabariga quloq osgani chiqishsa, ularni yulduzlardan uzilib chiqqan uchqunlar urib haydaydigan bo‘lib qolibdi. Ular erga, qavmlari huzuriga qaytib, «Nima bo‘ldi ekan, bizni uchqunlar quvadigan bo‘lib qoldi-ku? deyishadi. Shunda ba’zilari dunyoda ulkan, olamshumul o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa kerak, deyishadi. Mashriqu mag‘ribni kezib, bizdan osmon xabarini to‘sgan narsani qidirish zarur, degan qarorga kelib, safarga otlanishadi. Rivoyatlarda naql qilinishicha, Nasiybin nomi bilan ataluvchi joyda yashovchi jinlardan etti nafari Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Bomdod namozida qiroat qilayotganlarini eshitib to‘xtashgan, bizdan osmon xabarini to‘sgan narsa shu, deb o‘z qavmlariga qaytib, bo‘lgan hodisani aytishadi. Shunda Alloh taolo O‘z Payg‘ambariga Jin surasini nozil qildi.Jin haqidagi hadislarni jamlab o‘rganib chiqilganda ularning vakillari Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga olti marta kelganlari ma’lum bo‘ladi.Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda quyidagicha hikoya qilinadi: «Kechalardan birida Payg‘ambarimizni yo‘qotib qo‘ydik. U kishini vodiylardan, past-balandliklardan axtarib topa olmadik. Turli yomon xayollarga borib, kechasi bilan xavotir olib chiqdik. Tong otganda birdan Payg‘ambar alayhissalom o‘zlari paydo bo‘lib qoldilar. Hiro tog‘i tarafdan kelar edilar. «Ey Allohning Rasuli, sizni yo‘qotib qo‘yib izlab topa olmadik, kechasi bilan bezovta bo‘lib chiqdik», dedik. Shunda u zot: «Jinlarning da’vatchisi kelgan edi. Birga borib ularga Qur’on o‘qib berdim», dedilar. So‘ngra bizni etaklab borib ularning izlarini va gulxanlarining kulini ko‘rsatdilar. Jinlar u zotdan ozuqa so‘rashganida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Allohning ismi aytib so‘yilgan hayvonning suyagi qo‘lingizga tushsa, sizga go‘shtdan ham yaxshi taomdir. Hayvonlarning tezagi esa ulovlaringizga ozuqadir», dedilar. So‘ngra bizga: «Shu ikki narsa bilan istinjo qilmang (hojatdan so‘ng tozalanmang), chunki ular birodarlaringizning taomidir», dedilar».Abdulloh ibn Mas’uddan qilingan boshqa bir rivoyatda ikkinchi qissa hikoya qilinadi. Bir kuni xufton namozini o‘qib bo‘lgandan so‘ng Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qo‘limdan ushlab yurib ketdilar. Bir joyga etganimizdan so‘ng meni o‘tqazib, atrofimga chiziq chizdilar-da: «Chiziqdan chiqmay tur», dedilar. Shu holda o‘tirgan edim, oldimdan son-sanoqsiz jinlar o‘tdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tonggacha qaytib kelmadilar. Qulog‘imga turli ovozlar eshitildi, so‘ng Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam keldilar. U kishidan:«Ey Allohning Rasuli, qayoqda edingiz?» deb so‘radim. «Jinlar vakil yuborgan ekan», dedilar.«Men eshitgan ovozlar qanday ovozlar?» dedim. «Menga jinlar salom berganidagi va xayrlashganidagi ovozlar», dedilar».Ha, biz yashayotgan olam asrorga to‘la, biz bilmagan maxluqot, turli kuchlar, ajoyibot to‘lib yotibdi. Ularning ichida yashab yuramiz, lekin ozginasidangina xabardormiz. Har kuni yangidan-yangi kashfiyotlar bo‘lib turibdi. Ba’zi narsalarning o‘zini, boshqalarining kuchini, uchinchilarining esa ta’sirini anglaymiz, xolos. Jinlar ham o‘sha biz uchun sir bo‘lib turgan narsalarning biridir. Ular haqida Qur’onda va hadisda kelgan xabarlarni tasdiqlash va undan tashqariga chiqib turli bid’atu xurofotlarga berilmaslik bizning burchimizdir. Vallohu a’lam.
30 Aprel 2022, 01:19 | Savol-javoblar | 206 | Aqiyda