Allohni tushda ko‘rish
Assalomu alaykum! Tushda Allohni ko‘rish imkoni va ehtimoli borasida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloni tushda ko‘rish bor narsa. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bir necha hadislarida : “Robbimni tushimda ko‘rdim” deganlar. Shulardan biri imom Ahmad o‘z “Musnad”larida, shuningdek imom Termiziy ham “Sunan”larida keltirganlar. Mujtahid imomlarimiz ham bir necha bor tushlarida Alloh taoloni ko‘rganlarini aytganlar. Ahli sunna val jamoa ulamolari : “Alloh taoloni tushda ko‘rish mumkin” deydilar. Buning haqiqati shuki, Alloh taoloning misli-o‘xshashi yo‘q. Bu haqda Alloh taolo : “لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ” ya’ni “U Zotga o‘xshash hech narsa yo‘qdir” deb marhamat qilgan. (“Shuuro” 11-oyat). Lekin Alloh taolo O‘ziga masal-misolni isbot qilgan. اللَّهُ نُورُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ مَثَلُ نُورِهِ كَمِشْكَاةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ الْمِصْبَاحُ فِي زُجَاجَةٍ الزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّيٌّ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٍ مُّبَارَكَةٍ زَيْتُونِةٍ لَّا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِيءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ "... Alloh osmonlar va erning nuridir. Nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichida chiroq bor, chiroq esa shisha ichida, shisha esa go‘yo durdan bo‘lgan bir yulduz bo‘lib, sharqiy ham, g‘arbiy ham bo‘lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o‘ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydi..."(“Nur” 35-oyat). Boshqa bir oyatda ochiq-oydin : وَلَهُ الْمَثَلُ الْأَعْلَى فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ “...Osmonlaru erdagi eng oliy vasf Unikidir...” degan. (“Rum” surasi 27-oyat). “Masal” bilan “misol” bir ma’noda bo‘lib, ko‘rinishi boshqa ma’nosi bir so‘zlardir. Ikki narsaning bir-biriga o‘xshashi qaysi bir nav’da bo‘ladi. Alloh taolo esa shunday nav’dan pok Zotdir. Shuning uchun Alloh taoloni biror narsaga o‘xshatishlik muholdir. Lekin misol keltirish mumkin. Xuddi yuqoridagi oyatda Alloh taolo nurining misolini keltirgani kabi. Misol keltirish bilan bir narsaga o‘xshatish degan narsa kelib chiqmaydi. Oddiy misol: inson ham eshitadi, robot ham eshitadi. Robotning eshitishining misoli odamning eshitishi kabidir, lekin hech kim “robot inson eshitgandek eshitadi” demaydi. Inson Alloh taoloni tushida ayni o‘zini ham, mislini ham ko‘rmaydi. Alloh taoloning ayni O‘zini bu dunyoda ko‘rishning imkoni bo‘lmagani uchun ko‘ra olmaydi. Mislini esa Alloh taoloning misli yo‘q bo‘lgani uchun ko‘ra olmaydi. Lekin tushda Uning misolini ko‘ra olishi mumkin. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 21:03 | Savol-javoblar | 287 | Aqiyda