Iftorlik qilish zakotga o‘tadimi?
Assalomu alaykum! Bir tanishim o‘ziga tinch bo‘lib har yili shahrimizdagi barcha nogironlarni chaqirib iftorlik qilib, so‘ngra barchasiga ma’lum miqdorda pul beradi, ammo zakot bermaydi. Shu ham zakotga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zakot farz ibodatidir. Unga niyat, ma’lum bir miqdorni ajratish va oluvchining o‘ziga mulk qilib berish kerak. Iftorlik zakot o‘rniga o‘tmaydi. Zakotga qodir bo‘lib, uni bermaslikning oqibati juda ham yomondir. U tanishingiz zakotini bersa kerak, siz unga zakotni ahamiyatini tushuntirib qo‘yavering. Alloh taolo “Tavba” surasida marhamat qiladi: يَوْمَ يُحْمَى عَلَيْهَا فِي نَارِ جَهَنَّمَ فَتُكْوَى بِهَا جِبَاهُهُمْ وَجُنوبُهُمْ وَظُهُورُهُمْ هَذَا مَا كَنَزْتُمْ لأَنفُسِكُمْ فَذُوقُواْ مَا كُنتُمْ تَكْنِزُونَ 35. Bir kuni o‘sha(oltin-kumush)lar jahannam otashida qizitilur va peshonalari, yonboshlari hamda orqalariga bosilib: «Mana bu o‘zingiz uchun to‘plagan narsangiz, bas, endi to‘plab yurgan narsangizni tatib ko‘ring!» – (deyilur). Bu oyatdagi oltin va kumush, ya’ni molu dunyo to‘plash haqidagi ma’nolar ko‘pchilikni cho‘chitib qo‘ygan. Hatto sahobai kiromlar o‘rtasida ham turli savollar tug‘ilgan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tushuntirish berganlar. Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Zakotni ado qilmagan har bir odamga qiyomat kuni o‘tdan tamg‘a qilinib, yonboshiga, peshonasiga va orqasiga bosiladi. U kunning miqdori ellik ming yilga teng bo‘ladi, to odamlar orasida hukm chiqarib bo‘lguncha, tamg‘a bosilaveradi. So‘ngra yo jannatga, yo do‘zaxga yo‘li ko‘rsatiladi», – deganlar. Boshqa bir hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim o‘zidan keyin xazina qoldirsa, qiyomat kuni unga ikki qora nuqtasi bor ko‘zoynakli ilon bo‘lib ko‘rinadi. Uning orqasidan quvlab yuradi. Undan: – Sen nimasan o‘zi? – deb so‘rasa: – Men o‘zingdan keyin qoldirib ketgan xazinangman, – deydi. So‘ngra yana orqasidan quvib boradi. U qo‘lini tutadi. Ilon qo‘lini tishlab, yutadi va tananing qolganini ham yuta boshlaydi», – deganlar. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 175 | Ibodatlar