Nafl namoz haqida
Assalamu alaykum Shayh Hazratlari. Sizga savol bilan murojaat qilmoqchi edim, savolimda hato va kamchiliklar o‘tsa sizdan avvaldan uzur so‘‘rayman. Hazrat man oddiy bir muslimaman ammo sizni kitoplaringizni iloji boricha o‘qib dinimni o‘rganiyapman, shu kitoplarni o‘qish mobaynida manda ba‘zi savollar tug‘uladi sizdan iltimos tushunmaganlarimni manga tushunishimda yordam bersangiz sizni qimmatlik vaqtingizni olsam uzur Olloh sizdan rozi bulsin . Hazrat duolaringizda mani va oila azolarimniyam unutmang iltimos.Savolim. Hadis va Hayot kitobi 7-juzining 83-betida Choshgoh Namozi sarlavhasi ostida bir necha namozlar nomi aytilgan shulardan( Shuruq,Avvabiynlar) nomlari ham bir sarlavha ostida kelgan man shularni o‘qib hammasi bir Hamoz deb faqat 4rakat Choshgoh namozi o‘qib yurgandim. Yaqinda Kifoya 1- kitobini o‘qib qoldim kitobning 369-betida nafl namozlar bobida Shuruq namozi, Zuho-Choshgoh namozi alohidaligi aytilgan, Hazrat bu namozlar alohida namozlarmi bularni o‘qishda niyat qilishda o‘z nomini aytib niyat qilamanmi, bularni fitna uchun emas namozni to‘g‘ri o‘qish uchun so‘rayapman.Hadis va Hayot kitobi 7-juzining 83-betida Choshgoh Namozi sarlavhasi ostida( Avvabiynlar) namozi haqida ham aytilgan 887. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat: " U choshgoh namozi o‘qiyatgan qavmni ko‘rib qolib: "Bular namoz ushbu soatdan boshqasida afzal ekanini bilmasmikinlar?! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam avvabiynlarning namozi tevalatning oyog‘i kuyganda bo‘ladi, deganlar‘,dedi‘.Muslim va Ahmad rivoyatqilishgan.Sharh: Zayd ibn Arqam roziyallohu anhu bu gapni Qubo ahlining quyosh chiqqan paytida choshgoh namozini o‘qiyatganlarini ko‘rib qolib aytganlar. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhuni fikrilaricha, choshgoh namozi o‘qimoqchi bo‘lgan ushbu hadisda vasf qilingan paytda o‘qigani afzal. Bu paytda quyosh erni qizdirib kichik bo‘taloq tevalarning oyog‘ini kuydiradigan darajaga etib qoladi. Shuni o‘qib man choshgoh namozini Avvabiynlar namozi ham deyilarkan deb o‘ylabman ammo Kifoya kitobining 385-betida Avvabiyn namozi: Bu namoz Shomdan keyin o‘qiladi va olti rakat bo‘ladi. Avval tort, keyin ikki rakat yoki ikki rakatdan qilib o‘qiladi.Imom Tabaroniy Ammor ibn Yasir roziyallohu anhudan qilgan hadisda:"Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim Shomdan keyin olti rakat namoz o‘qisa, gunohlari mag‘firat qilinur, agar dengizning ko‘pigicha bo‘lsa ham‘, deganlar.Ibn Umardan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:"Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Shomdan keyin olti rakat namoz o‘qisa, avvaablardan deb yozulur",- dedilar. Hazrat ushbu namoz Hadis va Hayot kitobi 7-juzining 83-betida Choshgoh Namozi sarlavhasi ostida( Avvabiynlar) namozi haqida ham aytilgan 887. Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat: " U choshgoh namozi o‘qiyatgan qavmni ko‘rib qolib: "Bular namoz ushbu soatdan boshqasida afzal ekanini bilmasmikinlar?! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam avvabiyinlarning namozi tevalatning oyog‘i kuyganda bo‘ladi, deganlar‘,dedi‘.Muslim va Ahmad rivoyatqilishgan. Shu ikki hadisda bir hil namozni aytiliyaptimi yoki nomlari o‘hshashmi? yoki man noto‘g‘ri tushundimmi? Hazrat shomdan keyingi olti rakatlik namoz shomning ikki rakat sunnatidan alohida o‘qiladimi yoki o‘sh bilan qo‘shib yana to‘rt rakat o‘qiladimi?. Shomdan keyingi olti rakatga niyat qilganimda Avvabiynlar namozi deb niyat qilamanmi? Shu namozni Huftonni vaqti kitguncha o‘qib olish kerakmi?. Hazrat uzur savolim cho‘zilib ketti. Din yo‘lida qilayotgan hizmatlaringizni Olloh davomlik qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Quyosh chiqqanidan bir oz o‘tib o‘qiladigan namoz “shuruq” namozidir.- Choshtgohda o‘qiladigan namoz “zuho” namozidir.- Shomdan keyin o‘qiladigan namoz “ovvobiyn” namozidir.Siz aytgan gaplar ba’zi kishilarning o‘zlariga xos gaplar, xolos.
30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 163 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Quyosh chiqqanidan bir oz o‘tib o‘qiladigan namoz “shuruq” namozidir.- Choshtgohda o‘qiladigan namoz “zuho” namozidir.- Shomdan keyin o‘qiladigan namoz “ovvobiyn” namozidir.Siz aytgan gaplar ba’zi kishilarning o‘zlariga xos gaplar, xolos.
30 Aprel 2022, 01:29 | Savol-javoblar | 163 | Namoz