Harom narsani eb qo‘ysa namozni nima qiladi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, biror kishi boshqa kishiga yolg‘on gaplar bilan harom bo‘lgan narsa(itni go‘shti yoki shunga o‘xshash)ni bersa, bunday hollarda nima qilish zarur? Harom luqma tanada 40 kun turadi deb eshitganman, shu rostmi? Bu vaqt davomida namoz va boshqa ibodatlarni qay tarzda ado etiladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U go‘shtni egani uchun namozni tark qilmaslik kerak. Namozlar odatdagidek ado etilaveradi. Gunohi o‘sha odamga bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 02:01 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar