Repititor oxirida yana pul olishning shartlari

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarga quyidagicha savol yo‘llagan edim: Assalomu alaykum! Men repititorlik bilan shug‘ullanaman. Har oyiga malum summadan pul olamiz bolalardan. Bundan tashqari bolalar o‘qishga grand kirib ketishsa yana pul olamiz shu xalolmi «Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati: – Va alaykum assalom! Ilm berishga alohida, o‘qishga kirishiga alohida pulga kelishsangiz joiz. Vallohu a’lam! Javob uchun rahmat! Yana shunga oid masala so‘ramoqchi edim shunda boshqa o‘qitivchilarga ham yaxshi bo‘lardi Xudo xoxlasa. Savollarim quyidagicha: 1. Ilm berishga alohida o‘qishga kirishiga alohida kelishilsa joiz bo‘lsa bunda boshida kelishish shartmi? 2. Biz tomonlarda o‘qishga kirgandan keyin aytiladi, xoxlasa imkoni bo‘lsa ko‘ngildan chiqarib hadya qilib beradi, bermaganiga bermading yoki kam deyilmaydi yani istagan odam beradi yoki bermaydi bizni o‘sha pullarni olishligimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda talim markazlarida ikki yo‘nalishda o‘qitadi. Birinchi umumiy malumot berish, ikkinchi ma’lum bir yo‘nalishga tayorlash. Biz ana shu ma’lum yo‘nalishga tayorlashni aytganmiz. Shunga ko‘ra umumiy ilm o‘rganish uchun alohida, ma’lum bir sohaga tayorlash uchun alohida haq olish joiz. Ammo o‘qishga kiritib beraman deb pul olmasin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 09:29 | Savol-javoblar | 173 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar