Farzand asrab olish

Assalomu alaykum! Biza  turmush o‘rtog‘im bilan bola asrab olmoqchidik. Sovol shundoqki farzand agar ota onasi kambag‘al bo‘sa boqishligi vojib, endi asrandi bolaning hukmi ham shundoqmi? Ya’ni u bola asravogan kishilarni boqishligi vojibmi yoki kotta bo‘gandan keyin uydan ajralib chiqib ketsayam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Voyaga etmasidan oldin insoniylik jihatidan nafaqasini berib turish kerak bo‘ladi. Voyaga etganidan keyin bola insoniylik yuzasidan asrab olgan boquvchilarini nafaqa bilan taminlashi yaxshi. Ammo zimmasidagi vazifaga kirmaydi.  Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:08 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar