Allohni rus tilida «Bog» deb aytish

Assalomu alaykum! Rus tilida gaplashadigan insonlar bilan gaplashganda Alloh so`zini «Bog» deb gaplashiladimi yoki rus tilida ham Alloh deb aytiladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zbeklarda Tangri, Parvardigor deyilganidek ruslar Bog deyishadi. Alloh deyish afzal, chunki u lafzdagi barakot boshqa tarjimalarda topilmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 150 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar