Iymon
Assalomu alaykum! Xurmatli uztozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin va xayirli ishlaringizga barakotlar ato etsin. Men bir inson bilan tortishib qoldim, u menga xufton namozini qancha kechiktirib o‘qisa shuncha yaxshi dedi. Man esa Alloh namozni o‘z vaqtida o‘qishga buyurgan dedim. Savolim shuki men to‘g‘ri aytdimmi yoki xato fikirdamanmi?
2). Men yaqindan 5 maxal namoz o‘qishni boshladim. Birinchi boshlagan vaqtim juda ko‘p Allohni zikr qilardim va namozlarimga shoshilar edim. Vaqt o‘tib ish bilan chalg‘idim va namozga shoshilmay Allohni kam zikr qiladigan bo‘lib qoldim. Qalban xalixam juda kuchli muxabbat namozga ich ichimdan lekin amalga kelganda qasdan xam o‘qimaya qazo qilib o‘qiyabman. Maslaxatingizga muxtojman menga maslaxat bering. Savollarim uzun bo‘lganiga vaqtingizni olganim uchun uzur. Masalani moxiyatini yoritib berishga xarakat qildim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ سَيَّارِ بْنِ سَلَامَةَ قَالَ: دَخَلْتُ أَنَا وَأَبِي عَلَى أَبِي بَرْزَةَ الْأَسْلَمِيِّ، فَقَالَ لَهُ أَبِي: كَيْفَ كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي الْمَكْتُوبَةَ؟ فَقَالَ: كَانَ يُصَلِّي الْهَجِيرَ الَّتِي تَدْعُونَهَا الْأُولَى حِينَ تَدْحَضُ الشَّمْسُ، وَيُصَلِّي الْعَصْرَ ثُمَّ يَرْجِعُ أَحَدُنَا إِلَى رَحْلِهِ فِي أَقْصَى الْمَدِينَةِ وَالشَّمْسُ حَيَّةٌ - وَنَسِيتُ مَا قَالَ فِي الْمَغْرِبِ - وَكَانَ يَسْتَحِبُّ أَنْ يُؤَخِّرَ الْعِشَاءَ الَّتِي تَدْعُونَهَا الْعَتَمَةَ، وَكَانَ يَكْرَهُ النَّوْمَ قَبْلَهَا وَالْحَدِيثَ بَعْدَهَا، وَكَانَ يَنْفَتِلُ مِنْ صَلَاةِ الْغَدَاةِ حِينَ يَعْرِفُ الرَّجُلُ جَلِيسَهُ، وَيَقْرَأُ بِالسِّتِّينَ إِلَى الْمِائَةِ Sayyor ibn Salomadan rivoyat qilinadi: «Men otam bilan Abu Barza Aslamiyning oldiga kirdim. Otam undan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farz namozlarni qanday o‘qir edilar?» deb so‘radi. Shunda u dedi: «Sizlar «birinchi» deb ataydigan peshinni kun tikkadan oqqan paytda o‘qir edilar. Asrni o‘qiganlaridan keyin birortamiz Madina chekkasidagi manziliga quyosh charaqlab turganida qaytib bora olar edi – Shom haqida nima deganini unutibman. – Sizlar «kechki namoz» deb ataydigan xuftonni kechiktirishni afzal ko‘rar edilar hamda undan oldin uxlashni va undan keyin so‘zlashishni yoqtirmas edilar. Tonggi namozni kishi o‘z yonidagini taniy oladigan (darajada yorishgan) paytda o‘qib bo‘lardilar va unda oltmishdan yuztagacha oyat qiroat qilar edilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Xuftonning oxirgi vaqti bamdodning vaqti kirgunicha. Xufton va undan keyin vitr – ikkisi ham mazkur vaqtdan to fajrgachadir. «Mazkur vaqtdan» degani shom namozining vaqti tugagandan keyindan boshlab, deganidir. Jabroil alayhissalom Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga namozning vaqtlarini ko‘rsatganligi haqidagi hadisda «So‘ngra xuftonni shafaq g‘oyib bo‘lganda o‘qidi», deyilgan. Bunda xuftonning avvalgi vaqtida o‘qilgani haqida so‘z bormoqda. Oxirgi vaqti esa bomdodning vaqti kirguncha davom etaveradi. Bunda xufton bilan birga vitr namozining vaqti bir xil. ("Kifoya" kitobidan) 2). Qalb ibodatdan burilib qolishining sababi biri nopok luqma ikkinchisi gunohdan tiyilmaslik. Shunga e’tibor bering. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 170 | Ruhiy tarbiya