Qurbonlik uchun niyat qilingan qo‘chqorni so‘ymaslik

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, izlash xizmatidan topa olmadim. 1 oycha avval qurbonlik qilish niyatida qo‘chqor olgan edim. Uyda boshqa qo‘ylarga qo‘shib boqdim. Qurbonlik vaqti yaqinlashgani sari qurbonlikka niyat qilib olingan qo‘chqor hali kichkinadek ko‘rinmoqda. Otam ham shu fikrdalar. Hali kichkina, endi o‘sishni boshladi, uvol qilma, dedilar. Niyat qilingan qo‘chqorni boqishda davom etib, o‘rniga kattaroq qo‘chqor olib qurbonlik qilsam bo‘ladimi? Qurbonlik qilmasdan olib qolgan qo‘chqorimni ixtiyoriy maqsadda, masalan, sotib foyda olish uchun foydalanishim mumkinmi yoki keyingi qurbon xayitigacha boqib so‘ng qurbonlik qilishim kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar nisob egasi bo‘lsangiz uning o‘rniga boshqasini so‘yishingiz va undan xohlaganingizdek foydalanishingiz mumkin. Agar nisob egasi bo‘lmasangiz o‘sha qo‘yni so‘yishingiz vojib bo‘ladi. Keyingi qurbon hayitigacha boqish shart emas. Sotish ham so‘yib eyish ham mumkin. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 05:42 | Savol-javoblar | 188 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar