Sura haqida

Assalomu alaykum! Imom Shofe’iy: “Qur’ondagi asr surasini o‘zi butun insoniyatga etar edi” deb aytgan ekanlar. Imom shu gapi bilan nimani nazarda tutgan ekan, shuni tushuntirib bersangizlar ustozlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom bu bilan inson shunga to‘liq amal qilsa najot topadi, degan ma’noni iroda qilgan. Bu surada abadiy do‘zaxdan najot topish uchun iymon keltirish, har bir farz-vojib bo‘lgan amali solihlarni qilish, jamiyat go‘zal bo‘lishi uchun o‘zgalarni shunga chaqirish, unga chaqirishda etadigan har qanday ozorlarga sabr qilish zikr qilingan. Bulardan birortasi topilmasa inson najot topa olmaydi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:15 | Savol-javoblar | 154 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar