Azonni eshitib nima qilay?

Assalamu alaykum shayx hazratlari! Bu savolimni berishni juda ko‘p o‘yladim, bir tomondan o‘rinli emasdek tuyuldi menga.Mening uyim masjiddan ancha uzoqda, men gohida uyda ish bo‘lib qolib shomga, borayotganimda yo‘lning yarmiga kelganimda Azon aytiladi, shunda men azonni eshitib azonga hurmat qilib o‘tirsamshomga ulgurmay qolaman ulgursam ham ohirgi rakatiga ulguraman, albatta inshaolloh kechikib borsam ham o‘sha savobni olaman, azonni eshitib yurub borsam inshaolloh ulguraman. lekin shunday holatga duch kelganda nima qilgan maqul? Albatta shunday holatga tushmaslikka harakat qilaman lekin shunday holatga tushib qolganda qaysi biri afzal.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Unday holatda yurishni davom ettirish kerak.

30 Aprel 2022, 07:41 | Savol-javoblar | 160 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar