O‘g‘irlangan kiyimlarni sotib olish

Assalomu alaykum! Biz Rossiyada ishlaymiz. Kafe o‘zimizniki. Kafega o‘g‘ri bollar ko‘p kirib ovqatlanadi. Ular ko‘p xollarda kiyim o‘g‘irlab sotadi. Shunaqa payt bo‘ladiki egan ovqatini pulini o‘rniga kiyim berib chiqib ketadi yoki bazida biz naqd pulga sotib olamiz. Vaxolanki o‘g‘irlanganini bilamiz. Biz o‘sha kiyimlarni naqd pulga sotib olib kiyib yursak yoki ular ovqatni o‘rniga bergan kiyimini olib qolsak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslo joiz emas. Haromni halol pulga sotib olsangiz ham halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar