Burunga sprey sepish

Assalomu alaykum! Mani burnim tez bitib qoladi, shuninig uchun xar 3-4 soatda burnimga dori sepib turaman (sprey) va shu dorini sepgan paytimda dorini ta’mi tomog‘imda seziladi. Albatta uni tupurib tashiman, savolim shuki men ro‘za tutsam va burnim bitib qolgan vaqitda shu dorini burnimga sepsam mazasi tomog‘imda sezilsa uni yutmasda tupurib tashasam ro‘zam ochilmidimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani tomoqdan ichkariga o‘tgan narsa buzadi. Shuning uchun tahorat va g‘uslda burniga suv olgan kishi burnini achishtirmay yuvishga buyurilinadi. Burniga dori tomizgan kishining ro‘zasi ochiladi. Chunki u halqumi orqali ichkariga o‘tadi. Sprey sepilganda ham uning mazasi tomog‘idan o‘tsa ro‘zasi ochiladi. Sovunga o‘xshash mavjud dorini burningiz teshigini atrofiga surtib dimog‘ingizni ochishingiz joiz. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 06:25 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar