Rasmli kiyimlar
Assalomu alaykum! Bilamizki rasm bor xonaga farishtalar kirmaydi. Shu borada bir sovolim bor edi. Yangi chakaloklar uchun hozirgi kunda har xil chiroyli kiyimchalar chiqib ketgan. Xususan hayvonchalarni, misol uchun mushukcha, jirafa, bo‘richalar, kuchukchalar, kabi hayvonchalar rasmi bosilgan kiyimlar, chaqaloqlar pelyonkalari, yostiq jildlari va o‘rni uchun prostыnyalar. Shu kabi rasmlar chizilgan kiyimlarga chaqaloqni kiyintirish mumkunmi? Agar xonada rasmlik ko‘rpa to‘shak bo‘lsa ham farishta kirmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasmli narsalarni chaqaloqlarga bo‘ladigan zararlari yanada kattadir.عَنْ زَيْدِ بْنِ خَالِدٍ، عَنْ أَبِي طَلْحَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا تَدْخُلُ الْمَلَائِكَةُ بَيْتًا فِيهِ كَلْبٌ وَلَا تَمَاثِيلُ، قَالَ زَيْدٌ رَضِي اللهُ عَنْهُ: فَأَتَيْتُ عَائِشَةَ فَسَأَلْتُهَا عَنْ هَذَا، فَقَالَتْ: سَأُحَدِّثُكُمْ بِمَا فَعَلَ النَّبِيُّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، إنَّهُ خَرَجَ فِي غَزَاتِهِ فَأَخَذْتُ نَمَطًا فَسَتَرْتُهُ عَلَى الْبَابِ، فَلَمَّا قَدِمَ فَرَأَى النَّمَطَ عَرَفْتُ الْكَرَاهِيَةَ فِي وَجْهِهِ فَجَذَبَهُ فَهَتَكَهُ، وَقَالَ: إِنَّ اللهَ لَمْ يَأْمُرْنَا أَنْ نَكْسُوَ الْحِجَارَةَ وَالطِّينَ، قَالَتْ: فَقَطَعْنَا مِنْهُ وِسَادَتَيْنِ وَحَشَوْتُهُمَا لِيفًا، فَلَمْ يَعِبْ ذَلِكَ عَلَيَّ. رَوَاهُمَا مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّZayd ibn Xoliddan, u Abu Tolha roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Farishtalar it bor uyga ham, haykallar bor uyga ham kirmaslar», dedilar».
Zayd roziyallohu anhu aytadilar:
«Oisha roziyallohu anhoning huzuriga borib bu haqda so‘radim. Bas, u kishi:
«Men sizlarga Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima qilganlarini aytib berurman. U zot g‘azotlariga chiqdilar. Men bir namatni eshikka parda qilib qo‘ydim. U zot kelib namatni ko‘rdilar. Yuzlaridan yoqmaganini sezdim. Bas, u zot uni tortib oldilar-da, yirtib tashladilar va:
«Albatta, Alloh bizga tosh va loyni kiyintirish amr qilmagan», dedilar. Keyin undan ikkita bolish bichdik. Ularga liyf soldim. U zot buni menga ayb sanamadilar».
Ikkisini Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu rivoyatning roviylaridan birlari Zayd ibn Xolid roziyallohu anhudir. U kishi uyda jonli narsaning surati va haykali bo‘lsa, farishtalarning o‘sha uyga kirmasligiga sabab bo‘lishi haqidagi hadisi sharifni rivoyat qilish bilan birga, bu masala bo‘yicha yana ham ko‘proq narsa bilish maqsadida «Oisha roziyallohu anhoning huzuriga borib bu haqida so‘radim», deydilar.
Oisha onamiz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan uy sharoitida ko‘p yashaganlari uchun bu kabi masalalarni yaxshi bilar edilar. Shuning uchun ham erkagu ayol sahobalar u kishining huzurlariga masala so‘rab ko‘p borishar edi. Mana, Zayd ibn Xolid roziyallohu anhu ham mazkur masalani so‘rab Oisha onamizga murojaat qildilar.
«Bas, u kishi:
«Men sizlarga Nabiy sollallohu alayhi vasallam nima qilganlarini aytib berurman», dedilar.
Ya’ni, bu masalada o‘z fikrimni aytmayman. Bu masala bo‘yicha Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qilgan ishlarning ayni o‘zini aytib beraman.
«U zot g‘azotlariga chiqdilar».
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning safardaliklaridan foydalanib hujramizni bir oz tartibga solib qo‘yish maqsadida «Men bir namatni eshikka parda qilib qo‘ydim».
O‘zimcha «Ham eshik ochilganda tashqarini to‘sib turadi, ham hujraning ichi bir oz bo‘lsa ham chiroyli ko‘rinadi», deb o‘yladim.
«U zot kelib, namatni ko‘rdilar. Yuzlaridan yoqmaganini sezdim. Bas, u zot uni tortib oldilar-da, yirtib tashladilar»
Chunki boshqa rivoyatlarga ko‘ra, mazkur namatda qanotli otlarning surati bor edi. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bu ishlarini sharhlab:
«Albatta, Alloh bizga tosh va loyni kiyintirish amr qilmagan», dedilar».
Shundan keyin uy ichida jonliqning surati bor narsani saqlash joiz emasligi bilindi.
«Keyin undan ikkita bolish bichdik».
Ya’ni, o‘sha namatdan o‘tirganda yonboshga suyash uchun ikkita bolish qildik.
«Ularga liyf soldim».
Ya’ni, ikki bolishning ichiga xurmo po‘stlog‘ining ichki tarafidagi yumshoq tolalardan soldim.
«U zot buni menga ayb sanamadilar».
Chunki, mato yirtilgach, undagi suratlar ham parchalanib ketadi. Qolaversa, bu narsalar bolish qilinganda hurmatli joyga emas, yonboshga, past joyga qo‘yiladi, toptaladi.
Demak, pardalarda ham jonli narsaning surati bo‘lmasligi kerak. Bolish va shunga o‘xshash oyoqosti bo‘ladigan narsada bo‘lsa, hechqisi yo‘q. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 181 | Dolzarb savollar