Ayollar ko‘ylagini sotish va sheriklik
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin! Qilayotgan ishingizda o‘zi kuch-quvvat ato etsin!
1). Erkak kishi ayollarni ustki kiyimini sotishi mumkinmi? Sotish jarayonida haridor menga nechi o‘lcham yoki qaysi rang to‘g‘ri keladi deb so‘raydi. Siz unga yaxshilab qarab qaysi o‘lcham qaysi rang to‘g‘ri kelishini aytib olib berasiz. Kiyinish joyida kiyib tashqariga chiqib ko‘zguda ko‘radi. Munosib tushdimi, yarashdimi deb so‘raydi. Unga nazar solmaslikning iloji yo‘q. Ba’zilari qomati bilinib turishligi uchun ixchamroq o‘lchamdagini so‘raydi. Shu holda sotuvchilik qilish joizmi?
2). Ikki kishi sheriklik ish qilayapmiz. Ish boshlaganimizda sherigim bir million so‘m bergan. Menda olti million bo‘lgan. Oradan sakkiz oy o‘tib, sherigimning puli uch yarim million so‘m bo‘ldi. Hozir ish boshlaganimizga o‘n olti oy bo‘ldi. Meni sakkiz million, sherigimni esa etti million aylanma jamg‘armamizda bor. Foyda va ziyonni teng bo‘lamiz. Tavar olib kelish va savdo qilish to‘liq mening zimmamda. Tushlikka chiqsam, biror yumushim chiqib qolsa ertalab men borgunimcha ular do‘konni ochib turishadi. Biz ikkimiz ham rozimiz. Shu ishimiz to‘g‘rimi? Ajraladigan bo‘lsak qolgan molni teng bo‘lamizmi? Qanday yo‘l tutamiz? Javoblaringiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Asli muboh bo‘lgan liboslarni sotish mumkin. Ayollarning qomatiga tikilishingiz joiz emas. 2). Qanday nisbatda bo‘lishini kelishib olinglar. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:26 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat