Axir bular xijob emas-ku?!

Assalamualaykum shayx xazratlari!Men muslima ayollarimiz dinimizda to‘g‘ri dep xisoblangan kiyim kiyishlari tarafdoriman! Mahallamizda va ko‘chalarda bazi muslima opa singillarimiz hijob deb, xamda zamonaviy dep shaklini bildiradigan xolda yoki torroq bo‘lgan shim kiyib tizzalari va undan pastrog‘i shundoq bilinib turuvchi kiyimlar kiyishgan. Bular oilamizdagi va dinimizga endi amal qilishni boshlagan qizlarimizga noto‘g‘ri o‘rnak bo‘lishada. Shu sababdan ko‘cha ko‘yda ularga muloyimlik bilan, chiroyli qilib tanbeh berib qo‘ysak, bu xolat odob yuzasidan va dinimizga nisbatan yomon xolat bo‘lmaydimi.Noo‘rin savol bergan bo‘lsam meni avf eting.Alloh sizdan va ota-onangizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ayol kishilar nasihat qilishsa, yaxshi bo‘ladi.

30 Aprel 2022, 06:26 | Savol-javoblar | 172 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar