99ta sifati kufrga 1 sifat iymonga dalolat qilsa
Assalomu alaykum! Dinimizda “Agar bir insonni 99 ta sifati kufrga dalil qilsayu, bittasi iymonga dalil bo‘lsa, biz uni musulmon deb qabul qilamiz” deyilgan. Unga qanday misol qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Agar bir masalada 99ta dalil kufrga 1ta dalil iymonga dalolat qilsa, unday ishni qilgan yoki gapirgan odamni kofir deyilmaydi. Bu degani, 99ta sifati kufrga 1ta ishi iymonga dalolat qilsa uni kofir deyilmaydi – degani emas. Masalan bir musulmon biz namoz o‘qimasakda qalbimiz pok – degan so‘zni aytsa, bu bir necha ma’noni ifoda qiladi. Namozdan maqsad qalbi pok bo‘lish, qalbi pok bo‘lganidan keyin namoz o‘qimasa ham bo‘laveradi – degan ma’noni ham, namoz o‘qish bilan birga qalbni ham pokiza tutish kerak degan ma’noni ham va boshqa bir qancha ma’nolarni ifoda qiladi. Shulardan “qalbi pok bo‘lganidan keyin namoz o‘qimasa ham bo‘laveradi” degan ma’noni iroda qilsa, kofir bo‘ladi. Boshqalarini iroda qilsa kofir bo‘lmaydi. Ya’ni shu gapning o‘zida bir necha dalil kufrga bir nechtasi iymonga dalolat qilmoqda. Shunday o‘rinda bu kabi gapni aytgan insonni kofir deb bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 06:46 | Savol-javoblar | 166 | Islam