G‘usldan keyin namoz

Assalomu alaykum! https://savollar.islom.uz/savol/99924 mana shu savolning javobi bo‘yicha savollarim bor edi. 1). Men odatta g‘usl qilayotkanimda (masalan: g‘uslni  o‘rtarog‘ida) yozilgim kelsa yozilib olib keyin g‘uslimni davom ettirib tugatib chiqib namozlarimni o‘qiyverardim (unitaz g‘usl qiladigon xonada). Endi bu javobdan bildimki bunday holatda namoz o‘qib bo‘lmas ekan. Yuqoridagi holatimda o‘qigan namozlarim qabul bo‘laveradimi? Chunki men qasddan emas, bilmay o‘qiganmanku?
2). Agar g‘usl qilayotkanimda tahoratim sinadigon bo‘lsa, g‘uslni tugatib oxirida birato‘la qo‘shimcha tahorat olib chiqsam namoz o‘qisam bo‘laveradimi? Yoki boshqacha yo‘llari ham bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Qazosini o‘qib olasiz. 2). G‘usl vaqtida tahorat sinmasa, yoki yangi tahorat olsangiz namoz o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 167 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar