Evropadagi holat

Assalom alaykum! Kecha Evropada, xususan Angliyada jirkanch bir holat yuzaga keldi. Evropadagi bachchabozlar ittifoqlari LGBTni va uni a’zosi bo‘lgan jirkanch bachchabozlarni qo‘llash maqsadida Angliya premer ligasi klublari, shu jumladan Liverpul, Manchester Siti, Yunayted, Chelsi va Arsenal klublari o‘z klub emblemalarini o‘sha rasvo jirkanchlarni bayrog‘ini rangiga bo‘yab o‘zlarini rasmiy saytlariyu tvitterlarida ochiq oydin ularni qo‘llab chiqdi. Biz avval shu klublar muxlisi bo‘lgan bo‘lsak bu holatdan keyin ulardan va o‘yinini tomosha qilishdan voz kechsak ba’zi musulmonlar ko‘raver, o‘yinni bunga nima aloqasi bor, futbolingni ko‘r degan qabilda gapirishdi. Biz bu jirkanchlikdan keyin bunday klublarni o‘yinini ko‘rish jirkanchlik deb o‘zimizga kerakli hukm chiqardik. Lekin odamlar haliyam bizni qo‘llash o‘rniga o‘sha rasvolarni qo‘llagan klublar tomonida. Shar’iy nuqtai nazardan bu masalaga siz nima deysiz? Javobingiz uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Odamning tabiati buzilib qolsa shunday bo‘ladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:08 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar