Karantindagi yordam

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda karantin munosabati bilan moliyaviy tushumimiz to‘xtagan. Hozirda oz-moz pulimiz qolgan. Agar u pulga oziq-ovqat oladigan bo‘lsak poroshok, sovun va boshqa antiseptik mahsulotlarga pulimiz etmay qolishi mumkin. Shunday holatda davlat tomonidan berilayotgan yordamdan foydalanish biz uchun halol bo‘ladimi? Bir kunlik ovqati bor odam sadaqa so‘rashi harom degan gapga tushib qolmaymizmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Narsangiz tugasa foydalanishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 20:32 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar