Xotinga nisbatan nafrat

Assalomu alaykum shayx janoblari ilmingizni Ollox ziyoda qilsin. Xazrat yaqin bir oyda juda xam o‘zgardim sababi bir oy oldin xotinim onasinikiga ketganida tusatdan atravleniya bo‘lib qoldim ichim ketib qaltirab turgan vaqtimda xotinimga ertalab telefon qilib uyga keling tezroq mazzam bo‘lmayabdi desam (o‘zim dorilar ichib bir amallab) kech bo‘lganda ancha o‘zimga kelib qolgan vaqtimda keldi. Shunda juda xam jaxlim chiqdi sababi u kasal bo‘lganida uni yonida jilmaganman. Keyin uylanganimga 5 yil bo‘lgan bo‘lsa shu 5 yil davomida ayta-ayta charchadim uyda pardozingni qil sandan oshxona xidi keladi desam xam. Kuchaga chiqsa pardoz qiladi ammo uyga man uchun xayotda pardoz qilmaydi. Shu narsalarni uylab boshi ochiq farosatli muminaga uylanmoqchi bo‘lgan ishtiyoqim kun sayin oshib bormoqda. Xotinimga bu to‘g‘risida aytsam uylaning faqat uyni berib chiqib ketasiz bu erga kelmaysiz va men siz bilan ajrashmiyman deydi. Oxirgi vaqtlarga ko‘nglimni Shayton egallab qiz juvonlarga ko‘p qarab yuboryabman uzimga munosibi chiqsa uylanaman degan vas-vasa bilan. Shunga boshim qotgan bu xottini umr oxirigacha ayta-ayta epaqaga keltirishim kerak yoki farosatli uziga qaragan erini burniga xar-xil yoqimsiz xidlar bilan kelmaydigan xotinga uylanishim kerak. Shunga nima qilsam bo‘ladi. Ammo bolalarimni manga nisbatan yomon hayollarga borishlarini istamiyman. Bilmadim ayollarimizga Ollox insof bersin. Xa aytgancha ayolim bilan 2 yil oldin ajraishga oz qoluvdi sababi unga o‘ran desam yo‘q deb turib oldi va man ajrashiga qaror qildim shunda. U vada beruvdi yana bitta farzandlik bo‘lsam o‘ranaman deb, lekin farzanlik bo‘ldik xam u endi xar-xil boxonalarni qilmoqda. Shunga xam bu xotinga nisbatan nafratim yanada kuchaydi...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Istixora qiling.

30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar