G‘azzoliy so‘zi

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar savolim shundan iborat Abu Homid G‘azzoliy o‘zlarining «Oxiratnoma»kitoblarida «Ey farzand ,mantiq va ixtilof ilmidan senga naf yo‘q. Oxiratda foyda bermaydigan bu kabi ilmlar bilan shug‘ullanib, Alloh oldida gunohkor bo‘lib umringni zoe ketkazasan holos» degan ekanlar. Bu erda mantiq va ixtilof ilmidan murod nima ekanligini tushunmadim.  Ikkinchi savolim esa institutdagi ilmlarni va kasbni Alloh har bir ishni yaxshilab qiluvchilarni yaxshi ko‘rgani uchun yaxshilab olsa, bu ilm ila halol pul topib bu pul topishdan maqsad ota onaga yaxshilik qilish bo‘lsa, bu ilmni o‘rganib Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aythanlaridek ota ona farzandim ilm olmoqda deb ishongani uchun ota onani ishonchini oqlash uchun olsa, bu ilm oliy matematika, injener grafikasi bo‘lsayu ularni yaxshilab o‘rgansa Alloh shu ilmni o‘rganishi uchun qoim qilib qo‘yganligi uchun ham yaxshilab o‘rgansa bu ilmni holis Alloh uchun o‘rganayotgan bo‘ladimi shu odam? Shu ilmlarni olayotgan paytida ibodatda bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Bir vaqtlar dinsizlarning falsafa ilmi bo‘lgan. Uni o‘qishning oqibati aqlni hamma narsadan ustun qo‘yib, Allohni inkor qilishga olib borgan. O‘sha ilmdan qaytargan. 2). Niyatni chiroyli qilinsa u ham ibodat hisoblanadi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar